So’nggi yangiliklar

19:56"Кўринмай қолган" Жоау Феликсга 4 та клуб даъвогарлик қилмоқда  1 19:34Роналду "Ал Насср" билан янги шартномасига кўра дақиқасига 327 фунт ишлаб топади  4 19:11"Барселона" ва "Реал" Испания Кубоги финали учун қайдномани эълон қилди  1 18:49Моуринью Португалия терма жамоаси бош мураббийига айланишга яқин  3 18:22"Бавария" икки футболчисини сотмоқчи  0 17:55Пепе "Барселона" – "Реал" тўқнашуви бўйича тахминини билдирди  16 17:27"Барселона" собиқ дарвозабони Вальдес испан жамоасини бошқаради  2 16:59"Ал Насср" Роналдуга 100 млн евролик янги шерик топди  3 16:30Сеск Фабрегас АПЛ жамоасининг бош мураббийи бўлиши мумкин  0 16:03Войцех Шенсни чекиши ҳақида: "Мендан ўрнак олманглар"  5 15:37Кейн АПЛга қайтиши мумкин. "Бавария" қўйиб юборадими?  2 15:10БАА – Ўзбекистон учрашуви учун ўзбекистонлик мухлисларга нечта чипта тақдим этилади?  18 14:27Элит ОЧЛ қайтмоқда. Бугун чорак финалга старт берилади  10 13:57Англия топ-клублари "Golden Boy"га даъвогар футболчи учун курашмоқда  1 13:29ЕЧЛ плей-оффида қўшимча таймлардан воз кечилади, дастлабки 8 ўринни эгаллаганлар жавоб учрашувларини уйида қабул қилади  8

Terma jamoa. Bugun nechta gol uramiz? Yangiliklar

Terma jamoa. Bugun nechta gol uramiz?

Bir necha soatdan keyin milliy jamoamiz Osiyo Kubogi saralashidagi ishtirokini boshlaydi.

Raqib — SHri-Lanka. 2-3 yil oldin bu jamoa bilan o'ynashimiz ko'pchilikning tasavvuriga sig'mas edi. Ammo, taqdir bizni shunga ham majbur qilyapti. 

Murabbiy raqibga har qancha hurmat saqlamasin, bugungi bahsda faqat bitta intriga bor: SHri-Lanka darvozasiga nechta gol uramiz?

1999 yilgi bahsda hamyurtlarimiz 6 ta to'p bilan cheklangan ekan. Raqib darvozasini Jafar Irismetov (dubl), Nikolay SHirshov (dubl), Fevzi Davletov hamda Ravshan Bozorov mualliflik qilgan.

O'sha davrda SHri-Lanka havaskorlardan tashkil topgan edi. Keyingi 23 yilda ham aytarli hech narsa o'zgarmadi. Raqiblarimiz bugun Eldordan libos olishni umid qilib, maydonga chiqishadi.

SHri-Lanka terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingining 205-pog'onasini band qilib turibdi. Er sharida ulardan kuchsizroq faqat 6 ta jamoa bor.

Terma jamoaning umumiy tarkibi 1 mln evroga baholangan. Solishtirish uchun, Pro ligadagi "Yangier" ham SHri-Lankadan qimmatroq hisoblanadi.

SHri-Lankaning rasmiy o'yinlardagi oxirgi g'alabasi 2019 yilning yozida qo'lga kiritilgan ekan. Unda Makao terma jamoasi mag'lub qilingan

Xullas, bugungi o'yin faqat bir tomonga o'ynaladi. Bizning darvozamizni Srechko Katanecning o'zi qo'riqlasa ham, nolga turadi. Kunning yagona savoli aniq: nechta gol uramiz?

maqola→ Katanec mantiqsiz odammi? 

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика