Terim: "Turkiya Evro-2016da yarim finalgacha borishga qodir"
22 iyu 2016 06:16
Yangiliklar
Terim: "Turkiya Evro-2016da yarim finalgacha borishga qodir"
"Kecha hammamiz g'amgin edik, ammo bugun kelajakka optimist sifatida qarayapmiz. Agar keyingi bosqichga o'tsak, Uels bilan to'qnash kelamiz. Asosiy maqsadimiz - guruhdan chiqish. Bunga erishishga umid qilaman. Birinchi bahslarda bir nechta xatoga yo'l qo'ydim. Bugun yaxshiroq o'ynadik. Sodir bo'layotgan voqealardan to'g'ri xulosa chiqardik. Xatto ko'proq gol urib, keyingi bosqich yo'llanmasini kafolatlab qo'yshimiz ham mumkin edi. Bizni ko'p tanqid qilishdi va ruhan qiynaldik. G'alaba tufayli o'zimizga bo'lgan ishonch ancha ortdi. Yigitlar yaxshi ishlashdi.
CHexlar Xorvatiyaga qarshi bahsda mag'lub bo'la turib, durangga erishganini bir soniyaga ham unutganimiz yo'q. Biz ularga ko'p imkoniyat yaratishga yo'l qo'ymadik. 3-4-3 sxemasi yaxshi ishladi. O'yindan to'liq ko'nglim to'ldi. Agar keyingi bosqichga o'tsak, Evro-2008dagi ishtirokimizni takrorlay olamiz (Turkiya Evro-2008da yarim finalgacha borgan). Yana bazi muammolar bor, ammo hozir ularga echim topish oson. 1/8 finalga chiqmasak juda xafa bo'laman" - deydi Terim.
Fikrlar