

Germaniyalik darvozabon tiklanish jarayonini yakunladi va Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida "Portu"ga qarshi o'yinga tayyor.
Bo'lajak uchrashuv "Barselona" uchun muhim hisoblanadi. Xavi bu bahsda barcha asosiy futbolchilari xizmatidan foydalanmoqchi. "Barselona" "H" guruhida 9 ochko bilan yetakchi, "Portu"da ham xuddi shuncha ochko mavjud. O'tgan tur "Barselona"ni mag'lub etgan "Shaxtyor" 6 ochkoga ega, "Antverpen"da - nol.



