Ter SHtegen: “Muzokaralar to'xtatilgan”
03 may 2020 09:36
Yangiliklar
Ter SHtegen: “Muzokaralar to'xtatilgan”
“Ha, biz jamoa bilan dastlabki muzokaralarni boshlagandik. Ammo men hammasini qayta ko'rib chiqib, aniq bir to'xtamga kelishiimiz kerakligini aytdim. Bu vaziyatda bir qator muhim holatlar bor, shu sabab muzokaralarni to'xtatdik. Ayni paytda kelishuv borasida hech qanday gap so'z yo'q” dedi ter SHtegen Instagram ijtimoiy tarmog'ida jonli efir vaqtida.
Ilgariroq, ter SHtegen yangi shartnoma bo'yicha Kataloniya klubidan soliqlardan tashqari 18 million evro maosh olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
27 yoshli ter SHtegen 2014 yilning yozida Myunxengladbaxning “Borussiya” klubida “Barselona”ga ko'chib o'tgandi. Futbolchining transferi 12 million evroni tashkil etgandi. Joriy mavsumda darvozabon Primeroda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 29 ta gol o'tkazib yubordi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar