Ter SHtegen: "Barselona" o'zi istagan o'yinni ko'rsata olmadi"
05 noy 2023 15:52
Yangiliklar
Ter SHtegen: "Barselona" o'zi istagan o'yinni ko'rsata olmadi"
"Barselona" posboni Mark-Andre ter SHtegen LaLiga doirasida "Real Sosedad" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Og'ir bahs bo'ldi. "Barselona" o'zi istagan o'yinni ko'rsata olmadi, ammo uch ochko olganimizdan xursandman. O'yin teng kurashlar ostida kechdi, omad biz tomonda bo'lmagani uchun g'alaba qozonishga qiynaldik. Uyga yaxshi kayfiyatda qaytadigan bo'ldik", - dedi germaniyalik posbon.
23-tur yakunlariga ko'ra, "Barselona" 27 ochko jamg'argan holda LaLiga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar