Ten Xagning tayinlanishi Kavanining "Manchester Yunayted"dan ketish qaroriga tasir o'tkazmaydi
14 apr 2022 16:28
Yangiliklar
Ten Xagning tayinlanishi Kavanining "Manchester Yunayted"dan ketish qaroriga tasir o'tkazmaydi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani bosh murabbiylikka Erik ten Xag tayinlansa ham, klubdan ketadi.
Urugvaylik faoliyatini uning oilasi yashaydigan Janubiy Amerikada yakunlashni xohlamoqda.
Ammo, jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Kavani faoliyatini La Liga klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
Kavanining Manchester klubi bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar