Ten Xag: "Mavsum startida MYU ochkolar yo'qotishi mumkin"
10 avg 14:10
Yangiliklar
Ten Xag: "Mavsum startida MYU ochkolar yo'qotishi mumkin"
Erik Ten Xagning takidlashicha, "Manchester Yunayted" mavsum startida yaxshi formada bo'lmaydi.
"Yangi mavsum boshida ochkolarni qo'ldan boy berishimiz mumkin, chunki to'liq tarkibda mashg'ulot o'tkazmadik. O'yin modeli va sxemalar ustida ishlashimiz kerak. Futbolchilarimiz Evro va Kopa Amerikada ishtirok etishdi, turli sxema va modellarga ega jamoalarda to'p tepishdi.
Endi ularni yig'ib, yigitlarga bitta o'yin uslubini singdirishim kerak. Bu muammoga uchrayotgan bitta men emasman, ammo terma jamoalar kamroq futbolchi chaqirgan klublar ham bor. Ular mavsumoldi tayyorgarlikni yaxshi o'tkazgan bo'lishi mumkin, shu sababli ustunlik ularda.
Yaqin vaqt ichida bu muammoni hal qilib, ochko yo'qotmaslikka urinishimiz kerak" - dedi "Manchester Yunayted" ustozi.
Fikrlar