Ten Xag "Ayaks"dan hafsalasi pir bo'ldi. U "Manchester Yunayted"ni boshqarishga tayyor
14 mar 2022 00:25
Yangiliklar
Ten Xag "Ayaks"dan hafsalasi pir bo'ldi. U "Manchester Yunayted"ni boshqarishga tayyor
"Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag yozda "Manchester Yunayted"ni qabul qilishga tayyor.
Mutaxassis Niderlandiya klubidan hafsalasi pir bo'ldi va sport direktori bo'lib ishlagan Mark Overmars jamoadan ketganidan so'ng yangi muammolarga duch kelmoqda. Ten Xagga poytaxt klubida doimiy ravishda o'yinchilar almashinuvi bo'layotgani, shu sababli kuchli jamoa tuza olmasligi yoqmaydi.
Agar ten Xag "Manchester Yunayted"ni qabul qilib olsa, hozirgi murabbiy Ralf Rangnikga murabbiylar shtabidan joy taklif qilishga tayyor. Nemis mutaxassisi yozda o'z lavozimini tark etadi va "Manchester Yunayted" maslahatchisiga aylanadi.
Ten Xag "Ayaks"ni 2017 yilning dekabridan boshqaradi. Uning qo'l ostida poytaxt klubi ikki marta chempionlik va Niderlandiya kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi.
Fikrlar