Ten Hag: "Ronaldudan maksimal darajada foydalanmoqchiman"
13 okt 2022 15:11
Yangiliklar


Ten Hag: "Ronaldudan maksimal darajada foydalanmoqchiman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men Krishtianuni qo'llab-quvvatlamoqchiman. O'yinchilarga malum talablarimiz bor. Ronaldudan maksimal darajada foydalanmoqchiman. Hozir uning formasi mavsum boshidagidan yaxshiroq. SHuning uchun men undan mamnunman. U bilan bog'liq holat bir narsani isbotlaydi – hech kim mavsumoldi mashg'ulotlarni o'tkazib yubormasligi kerak", – dedi ten Hag.
37 yoshli Ronaldu joriy mavsum "Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi tarkibida 12 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi hamda 2 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar