Ten Hag ishdan bo'shatiladimi? MYU futbolchilari murabbiyning istefoga chiqarilishini kutmoqda
02 okt 17:45
Yangiliklar
Ten Hag ishdan bo'shatiladimi? MYU futbolchilari murabbiyning istefoga chiqarilishini kutmoqda
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi futbolchilari niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Hagning bosh murabbiylikdan chetlatilishini kutmoqda.
Bu haqda nufuzli "Mail Sport" nashri xabar bermoqda.
MYU 29 sentyabr kuni "Old Trafford"da Londonning "Tottenxem" klubiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mankunianlar APLda 7 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda. "Manchester Yunayted"ning navbatdagi o'yini 3 oktyabr kuni Evropa Ligasi doirasida "Portu"ga qarshi bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ten Hag 2022 yildan buyon "Manchester Yunayted"da ishlab keladi.
Fikrlar