So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Temurxo'ja Abduxoliqov: “Lokomotiv”da ajoyib damlarni o'tkazdim Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: “Lokomotiv”da ajoyib damlarni o'tkazdim

Xabaringiz bor, O'zbekiston chempionatining 2016 yilgi mavsum to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov “Lokomotiv”ni tark etdi va Qatarning “Al Sayliya” klubiga yo'l oldi.

Endilikda mahoratli hujumchi arab jamoasi sharafini himoya qiladi.

Temurxo'ja Abduxoliqov “Loko” safida ancha mazmunli va muvaffaqiyatli to'p surdi. Uning jamoamiz oldida xizmatlari etirofga sazovor. SHu sababli ham uning yangi jamoasiga qay tariqa o'tgani va “Lokomotiv” ishqibozlariga tilaklarini bilish maqsadida Temurxo'jadan intervyu oldik.

- Temurxo'ja, odatiy savol. Qatar varianti qanday yuzaga keldi?

- Qishki yig'inlarimiz boshlangach “Lokomotiv” bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan edim. Bu orada Qatar jamoasidan taklif kelib tushdi. Qolaversa, qatarliklar “Lokomotiv” rahbariyatini ham ko'ndira olishdi. Natijada men “Al Sayliya” azosiga aylandim.

- Oldingizda boshqa takliflar ham bor edimi?

- Rostini aytsam, takliflar bor edi. Biroq “Lokomotiv” bilan shartnomam bo'lgani boisdan ko'p ham bo'layotgan takliflarga jiddiy qaramayotgan edim. Biroq bu safargi taklif har tomonlama qiziq tuyuldi va “Loko”dagilar bilan maslahatlashgach, unga rozilik berdim.



- Taklifga Loko rahbariyati qanday munosabat bildirdi?

- “Lokomotiv” jamoasi rahbariyatidan juda ham mamnunman. Ular meni qo'llab-quvvatlashdi va “Al Sayliya”da menga omad tilashdi.

- Lokomotiv bilan xayrlashish qanday kechdi? Qiyin bo'lmadimi?

- “Lokomotiv” bilan xayrlashish oson bo'lgani yo'q. Zero qisqa davr mobaynida men ushbu jamoada juda ajoyib damlarni boshdan kechirdim. Alamli mag'lubiyatlar va juda-juda ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritdim. SHu boisdan “Loko”ni tark etish oson bo'lmadi. Umid qilamanki, hali bu jamoaga yana qaytaman.

- Malumki, Lokomotiv tarkibida to'p tepib O'zbekiston chempioni hamda Kubok sohibi bo'ldingiz. Qolaversa, to'purarlik ham sizga nasib etdi. Natijada klub muxlislari tezda yoqtirib qolishdi. Endilikda ko'pchilik hayron: Temurxo'jaga nimaga ketdi deb. Bu borada nima deya olasiz?

- Rostini aytadigan bo'lsam, o'zimni boshqa chempionatda sinab ko'rish ishtiyoqi juda kuchlilik qildi. Zero xorijiy ligalarda to'p surish orqali futbolchi ancha o'sadi. Mana endi Qatar chempionatida o'z kuchimni sinab ko'raman.

- Nima deb o'ylaysiz, Lokomotivni bir nechta futbolchilar tark etgan bo'lishiga qaramay, jamoa bu yil ham chempionlik uchun kurasha oladimi? Bu borada fikringiz qanday?

- Menimcha, jamoa hech ham kuchsizlanmaydi. Zero “Loko” qishki transferlar paytida anchagina yaxshi haridlarni amalga oshirdi. Tarkibga qo'shib olingan futbolchilar ancha mahoratli. SHuning uchun ham “Lokomotiv”ning yangi mavsumda ham o'tgan yilgi muvaffaqiyatlarni takrorlay olishiga ishonaman. Nasib etsa, jamoa yangi mavsumda CHempionlar ligasida ham muvaffaqiyatga erisha oladi.

- SHu o'rinda jamoamiz muxlislariga nima degan bo'lardingiz?

- SHu o'rinda “Lokomotiv”ning ahil jamoasiga va uning ajoyib ishqibozlariga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Zero bu jamoada ajoyib damlarni o'tkazdim. Bu vaqt ichida meni barcha qo'llab-quvvatlab turdi. Ana endi men ham “Loko”ga muxlislik qilaman, uning har bir g'alabasidan quvonaman. “Lokomotiv”ning muxlislariga omad va bir olam quvonch tilayman. Umid qilamanki, hali yana uchrashamiz!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика