So’nggi yangiliklar

23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  13 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  3 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  3 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  7 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  23 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  12 20:34"Истиқлол" — "Санат Нафт". Таркиблар маълум  0 19:01"Ньюкасл" кейинги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 18:38Ҳакамларимиз Қозоғистон – Қирғиз Республикаси аёллар терма жамоалари ўртасидаги учрашувни бошқариб боришади  0 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  4 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  4 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1

Temur Yafarov: “Oq-tepa”ni oliy ligada deyishga shoshilmaylik” Yangiliklar

Temur Yafarov: “Oq-tepa”ni oliy ligada deyishga shoshilmaylik”

O'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ygan Toshkentning “Oq-tepa” jamoasi kuni-kecha asosiy taqibchisi “Obod” bilan o'tgan o'yinda, yana g'alaba qozondi va turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi.

“Oq-tepa”ning Temur Yafarov boshchiligidagi himoya chizig'i shu kuni raqiblarini yaxshi qo'riqladi va imkon qadar o'yin bermaslikka urindi. Uchrashuvdan so'ng tajribali futbolchi Yafarovni suhbatga chorladik.

- Temur aka, avvalo jamoangizning “Obod”ga qarshi ikkinchi bahsda ham g'alaba qozongani bilan tabriklaymiz. O'yin haqida fikrlaringiz qanday?
- Juda ham kerakli natijani qo'lga kiritdik. Bilasizmi o'yinga bo'lgan tayyorgarlik yuqori darajada bo'lgandi. Menimcha raqib jamoada ham shunday bo'lgan ersa kerak. CHunki bu ko'p narsani hal qiladigan bahs edi. SHu bois maydonga oxirgi jangga chiqqandek tushdik. Albatta g'alaba qozona olganimizdan mamnunman. Ishqibozlarimizni va rahbariyatni ushbu g'alaba bilan qutlayman.

- “Obod” jamoasi bu safar qanday taassurot uyg'otdi?
- Bu jamoa haqida umumiy fikrlarim ijobiy. O'zbekiston kubogi doirasida “Bunyodkor”ga qarshi kechgan bahsda ham “Obod” ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgandi. O'shanda yodingizda bo'lsa “qaldirg'ochlar” ustozi Sergey Lushan ham bu jamoa haqida yaxshi fikrlarni bildirib o'tgandi. Joriy mavsum “Obod” ham oliy ligaga chiqishni maqsad qilib, astoydil o'ynamoqda. Tarkib yaxshi shakllantirilgan. Hamjihatlik bor. O'yin ham chakki emas. O'ylaymanki bu klub ham kelasi yil elitada ishtirok etsa, chempionatimiz uchun foydadan xoli bo'lmasdi. Ularda ham huddi “Oq-tepa”dagi kabi sharoitlar va umuman infratuzilma yaxshi yo'lga qo'yilgan. Bu jamoaga faqat omad tilayman.


- “Obod” bu yil o'zaro ikki o'yinda ham mag'lub etildi. Bunga qanday erishdinglar?
- “Obod” bilan “Oq-tepa”ning o'yin uslubi bir-biridan juda kata farq qiladi. Lekin har ikki klubni ham teng deyish mumkin. O'zaro o'yinlarda g'alaba qozongan bo'lsakda, ularni atiga bitta to'p farqi bilan yutdik. Maydonda teng kurash kechdi deb o'ylayman. Qanday qilib g'alaba qozonganimizga kelsak, har ikki o'yinda ham g'alaba ilinjida borimizni berib sidqidildan o'ynadik. Ishtiyoq yuqori edi.

- Ushbu g'alabadan keyin yaqin taqibchinglardan ilgarilab ketdinglar. Nima deb o'ylaysiz “Oq-tepa”ni deyarli oliy ligaga chiqdi desak bo'ladimi?
- Yo'q, menimcha hozir bunga erta. Oldinda yana bir qator o'yinlar kutib turibdi. Ertaga nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaganidek, o'zimizni elitaga chiqarib qo'yish ham to'g'ri kelmaydi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Rahbariyat tomonidan oldimizga kuchlilar safiga chiqish vazifasi qo'yilgan ekan, bu yo'lda oxirigacha jiddiy kurashamiz. Mavsum so'nggida esa hammasiga oydinlik kiritiladi.


- Keyingi tur endi “Zomin” mehmoni bo'lasizlar. Bu jamoani birinchi davrada garchi yirik hisobda yutgan bo'lsanglarda, lekin zominliklar o'z maydonida osonlikcha taslim bo'lmaydi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Albatta. “Zomin”ni ham xurmat qilaman. To'g'ri, ular Toshkentda yirik hisobda mag'lub bo'lgandi. Ammo ularga shu kuni omad kelmagandi deb hisoblayman. O'z maydonidagi bo'lajak bahsga zominliklar astoydil tayyorgarlik ko'rayotgani turgan gap. Umuman olganda har bir raqibimiz “Oq-tepa” bilan o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda.

- Bu yilgi chempionatni birinchi ligada o'tkazmoqdasiz. Faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lmoqdami?
- Albatta. “Oq-tepa”da infratuzilma yaxshi ishlab chiqilgan. Bu erda rahbariyat va murabbiylar shtabi o'z ishini juda yaxshi biladi. Ular kurashchan va puxta klubni shakllantirish uchun astoydil ishlamoqda. Tarkibga ham etakchi ijrochilar jalb etilgan. Barcha qulayliklar yaratib kelinmoqda. Qarorgoh, stadion va trenajyor zali... Hamma hammasi mavjud. Faqat yanada ko'proq ishlash talab etiladi. O'zimga kelsak, bu yil birinchi ligada o'ynayotgan bo'lsamda, kelasi yil nasib qilsa hozirgi jamoam bilan oliy ligada o'ynayman. Bir qadam orqaga, ikki-uch qadam oldinga bo'ladi degan niyatdaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика