So’nggi yangiliklar

00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  0 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар дом ютиш яхши"  1 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  1 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  6 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  1 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  3 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  1 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   20

"Aral Samali" bosh murabbiyi Temur Turdiev: "Bunday hakamlar bilan uzoqqa bora olmaymiz" Yangiliklar

"Aral Samali" bosh murabbiyi Temur Turdiev: "Bunday hakamlar bilan uzoqqa bora olmaymiz"

Pro liganing ikkinchi turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Xorazm" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Temur Turdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu ikki jamoalarning to'qnashuvi Angliyada bo'lgani kabi o'ziga hos derbi hisoblanadi. O'yin ikki jamoa uchun ham qiyin kechdi. Ayniqsa ruhiy tomondan ancha qiynaldik. "Xorazm" jamoasini bilardim. Tarkibida tajribali futbolchilar yig'ilgan. Bizga nisbatan Superligada to'p tepgan ijrochilar ko'pchilikni tashkil qilardi. Mahorat va tajriba o'z so'zini aytdi baribir",- deya gap boshladi murabbiy.

- Norxon SHeripovning o'yinidan qoniqish hosil qildingizmi?
- Uning kelajagi bor. Umuman olganda qoniqish hosil qildim.

- Jamoaning joriy yildagi maqsad va vazifalari qanday?
- Asosiy vazifamiz jamoani shakllantirish. Hozirda shu jarayon ketmoqda. Texnik bazamizni, jamoani shakllantirib olganimizdan so'ng bosqichma-bosqich Superliga sari qadam tashlab boramiz.

- Rasul Musaevning jarohati qanchalik jiddiy?
- Navbatdagi o'yinlarda ishtirok etadi. Jarohati u qadar jiddiy emas.

- O'yin davomida ko'p xushtak chalinish holatlari yuz berdi. Hakamlar haqida fikringiz qanday?
- Gapirish qiyin. Futbolni rivojlantirishni istasak bunga jiddiy etibor berishimiz kerak. Maydonda futbolchilar o'rtasida kurash kechadi. Lekin hakamlar arzimagan to'qnashuvlarga ham xushtak chalishyapti. O'yinashga berayotgani yo'q. Men o'zim ham futbolchi bo'lganman. Muxlislar ham hakamlardan norozi bo'ldi. Biz bunday hakamlar bilan uzoqqa bora olmaymiz.

- Aynan nechta vaziyatda hakamlar xato qildi, deb o'ylaysiz?
- "Xorazm" safidagi 22-raqamdagi futbolchi bir necha marotaba fol ishlatdi. 4-5 vaziyatlarda hakamlar indashmadi. Yordamchilar kuzatib turdi. O'tgan mavsum ham shunday holat bo'lgandi. Jizzaxda o'ynaganimizda hakam yaqqol penaltini qo'ymagan, natijada biz 1:1 hisobida durang bilan qaytgandik.

- Natijani hisobga olmagandan "Aral Samali"ning o'yinidan qoniqdingizmi?
- Yuz foiz emasku, 80 foiz qoniqdim. Oxirida yigitlar charchab qolishdi. Mavsumga tayyorgarligimiz ham haminqadar bo'ldi. Boshqa jamoalar singari Toshkentda yig'in o'tkaza olganimiz yo'q.

- Navro'z Alimov ko'p yuklama olgan edimi?
- Hujumchimiz o'zida charchoq sezdi. Tetik va kuchga to'lgan futbolchilar yordam bersin, deb uni almashtirdik. Yigitlarga maksimal darajada kuchlarini sarflashgani uchun rahmat aytib qolaman. Lekin zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmadi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика