So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  1 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  5 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  21 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Temur Olimxo'jaev: “Saralash bosqichida oldimizga Osiyo chempionatiga chiqish vazifasi qo'yilgan” Yangiliklar

Temur Olimxo'jaev: “Saralash bosqichida oldimizga Osiyo chempionatiga chiqish vazifasi qo'yilgan”

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati-2016 saralash o'yinlarida ishtirok etadi.

Saralash bosqichi qurasi natijalariga ko'ra “A” guruhidan o'rin olgan Temur Olimxo'jaev jamoasi 16 - 20 sentyabr kunlari Falastinda bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda Maldiv, Falastin hamda Yaman terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu turnirga yo'l olish oldidan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev musobaqaga tayyorgarlik jarayoni qay tariqa kechgani, jamoa futbolchilari holati va oldinga qo'yilgan vazifalar haqida to'xtalib o'tdi.

“Musobaqaga tizimli tarzda ancha muddat davomida tayyorlandik. Toshkentdagi yig'inlardan tashqari xorijda ham uch bora yig'in o'tkazdik. Yaponiya va Xitoyda o'rtoqlik turnirlarida ishtirok etdik. SHuningdek, yaqinda Qatarda ham qisqa muddatli yig'in tashkil etib, ularning o'smirlar terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Bu o'yinlarning har ikkisida ham g'alaba qozondik.

Umuman, bizga O'zbekiston Futbol Federaciyasi va terma jamoalar markazi tomonidan Osiyo chempionati saralash bosqichiga to'laqonli tayyorlanish uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Mana, hozirgi paytda tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Toshkentda olib boryapmiz. 10 sentyabr kuni jamoani so'nggi yig'inga jalb etdik. Mashg'ulotlarimiz 13 sentyabrgacha davom etadi va 14 sentyabrda Falastinga yo'l olamiz.

Hozirgi paytda jamoaning barcha azolari musobaqaga shay. Hech kimda jarohatlar yo'q. Yigitlar yaxshi sport formasida. Oldimizga bu saralash bosqichida guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritish hamda kelasi yili Hindistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga yo'l olish vazifasi qo'yilgan. O'ylaymanki, jamoamiz bu vazifani uddalay oladi”, - deydi Temur Olimxo'jaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика