So’nggi yangiliklar

21:21Моуринью "Бенфика"нинг тўққизинчи матбуот анжуманида қатнашмайди  0 20:59Владимир Бубаня: "Ҳаётимда кўп нарса шу рақам билан боғлиқ"  1 20:44ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:24"Арсенал" Сака билан шартномани узайтирди  0 19:58Бир қатор Европа клублари Гринвудга қизиқмоқда  0 19:35Бразилия Лиссабондаги ирқчилик ҳодисасидан кейин Винисиус Жуниорни қўллаб-қувватлади  3 19:11Расман: Аҳмадалиев янги мавсумда ОКМК шарафини ҳимоя қилади  2 18:43"Арсенал" Гарначога даъвогар  2 18:16Магуайрнинг собиқ мураббийи уни жамоасида кўрмоқчи  0 17:48Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"  18 17:20"Бенфика" вингери Престианни Винисиуснинг айбловига жавоб берди  7 16:52"Ўзбекистон" стадиони янги мавсумга тайёрланмоқда  0 16:25Расман: "Машъал" африкалик футболчилар билан битим тузди  2 16:05Расман: "Динамо" "Ривер Плейт" тарбияланувчисини сафига қўшиб олди  12 15:40Абрамов vs Кападзе. Жадвалда ким юқорироқда бўлади?  9

Temur Olimxo'jaev: “Minsk yig'inidan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Temur Olimxo'jaev: “Minsk yig'inidan ko'nglim to'ldi”

Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi iyun oyining oxirgi o'n kunligida Minskda Belarus terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bir o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, yana bir bahsda mag'lubiyatga uchradi. Biz bosh murabbiy Temur Olimxo'jaevning Minsk safari taassurotlari bilan qiziqdik.

- Belarusda juda yaxshi maydonlarda shug'ullandik. Mezbonlar bizni iliq tarzda kutib olishdi. Milliy terma jamoaning bazasidan joy ajratishdi. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazdik. Hatto o'yin kunlari ham mashg'ulotlarimizni to'xtatganimiz yo'q. Aytishim kerak, har ikkala bahsda ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi, biroq dastlabki o'yinda bizga omad kulib boqmadi. Ikkinchi bellashuvda bolalar albatta g'alaba qozonamiz, deya katta ishtiyoq bilan maydonga chiqishdi va buni uddalashdi. Belarus termasi Evropa vakili ekanligini yaqqol ko'rinib turdi. Futbolchilari tezkor, funkcional jihatdan ancha ustun. Biroq bizning yigitlar amalda ulardan qolishmasliklarini isbotlashdi. Minskka 18 nafar futbolchini olib ketgandik. O'rtoqlik uchrashuvlarida ularning barchasini maydonga tushirdik. Meni xursand qilgani barchaning ko'zi yondi. Maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Qisqasi, Belarusda tashkil qilingan yig'indan ko'nglim to'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика