So’nggi yangiliklar

18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  3 18:29"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  12 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  12 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  3 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  9 17:10CAFA Nations Cup. Ўмон Ҳиндистон билан 3-ўрин учун беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  5 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  7 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  4 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  4 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  7 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  7 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  4 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  6 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7

Temur Kapadze: “So'g'diyona” bilan bo'lgan o'yin “Al–Ayn”ga qarshi tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi” Yangiliklar

Temur Kapadze: “So'g'diyona” bilan bo'lgan o'yin “Al–Ayn”ga qarshi tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi”

Kecha oliy ligamizning 19-turida “Lokomotiv” hamda “So'g'diyona” jamoalari bellashishdi. Uchrashuvda “temiryo'lchilar” yirik (4:1) hisobida g'alaba qozonishdi.

Ushbu bahsdan so'ng toshkentliklar sardori Temur Kapadze o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“So'g'diyona”ga qarshi bahs bundanda qiyinroq bo'ladi deb o'ylagandim. Ushbu jamoa birinchi davrada bizga anchagina qiyinchiliklar tug'dirgan edi. “Neftchi” bilan bo'lgan bahsdan so'ng jizzaxliklarning o'yin uslublarini o'rganib chiqdik. Uchrashuvning ilk daqiqalarida tezkor gol urganimiz uchun jamoadoshlarimda o'ziga bo'lgan ishonch yanada oshdi. Birinchi bo'limda 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan keyin ikkinchi bo'limda ham o'yinni to'liq nazorat qila oldik. Ular bizga qarshi ochiq futbol namoyish etishdi. Hech bir jamoa bizga qarshi bunday o'yin ko'rsatmasa kerak deb o'ylayman. “So'g'diyona” bizga qarshi maydonda qo'rqmasdan harakat qildi. Bu natijani esimizdan chiqarishimiz kerak, chunki oldimizda muhim uchrashuv bizni kutib turipti.

Safarda OCHLda BAAning “Al–Ayn” klubiga qarshi bahs olib boramiz. To'g'ri bizda qaerdadir xatolar bo'ldi, lekin OCHLda mana shu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Murabbiyimizning bergan ko'rsatmalari bilan “Al–Ayn”ni mag'lub etishga urinamiz. Raqibimizni kuchli va kuchsiz taraflarini o'rganib chiqamiz. “So'g'diyona”ga qarshi bahs “Al–Ayn”ga qarshi tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Safardan ijobiy natija bilan qaytishimiz kerak”, - deydi “Lokomotiv” klubi sardori Temur Kapadze.


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика