So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Temur Kapadze: "Lokomotiv" o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yadi" Yangiliklar

Temur Kapadze: "Lokomotiv" o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yadi"

O'zbekiston terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi hisoblangan Temur Kapadze Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan shartnoma tuzdi.
Tanishtiruv marosimidan so'ng tajribali yarim himoyachi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Lokomotiv" doim o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yadi. Tarkibga yaxshi futbolchilar qo'shilishdi. Qolgan futbolchilar ham yaxshi saviyadagi o'yinchilar hisoblanishadi. Xudo xohlasa biz o'z oldimizga qo'ilgan maqsadimizga etishamiz. Vadim Abramov bilan bir necha yillardan buyon birga ishlab kelayapmiz. Uning tajribasi juda katta. Bu murabbiy boshchiligida yaxshi natijalarga erisha olamiz deb o'ylayman", - deydi Temur Kapadze.

"Osiyo chempionlar ligasi va Evropa ligasini solishtirish? Baribir Evropada o'yin biroz tezroq kechadi. Lekin OCHL saviyasi yildan-yilga o'sib bormoqda. Bu musobaqada ishtirok etuvchi kuchli legionerlar ko'paymoqda. Uzoqqa bormaylik, raqibimiz “Al Hilol” o'z tarkibiga Greciya terma jamoasi hujumchisi Georgios Samarasni qo'shib oldi. Bir so'z bilan aytganda saviya yaxshi darajada", - deb o'z fikrlarini yakunladi Temur Kapadze.


Narzulla Saydullaev yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика