So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  214 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  6 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  2 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  13 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  22 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Temur Kapadze: "Dekabr oyi ko'p narsaga oydinlik kiritadi" Yangiliklar

Temur Kapadze: "Dekabr oyi ko'p narsaga oydinlik kiritadi"

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Bahraynga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Kechagi mashg'ulotlardan so'ng biz terma jamoamiz rekordchisi Temur Kapadze bilan suhbatlashdik.
Kapadze, Bahrayn terma jamoasiga qarshi eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchimiz hisoblanadi. Bugungi o'yin, uning hisobidagi to'qqizinchisi bo'lishi mumkin.

- Jismoniy holatingiz qanday? Toshkentda bo'lgan oxirgi o'yindagi tonusni saqlab qola oldingizmi?
- O'ylaymanki, Bahrayn bilan o'yinga barcha tayyor. Bu jamoaga qarshi bir necha marta hal qiluvchi o'yinlar o'tkazganmiz. To'g'ri, balki ob-havo tasirida o'yin tezligi u qadar yuqori bo'lmasligi mumkin. Lekin bu biz uchun sinov, sababi yanvar oyida Avstraliyada issiq bo'ladi. O'rtoqlik uchrashuvlari futbolchilarning o'zaro tushunishi uchun juda kerak.

- Yangi Zelandiyaga qarshi nimaning evaziga bunchalik zo'r o'ynadik deb o'ylaysiz?
- Sababi bu tarkib anchadan buyon yig'ilmayotgandi. Bir-birimizni ancha sog'inib qolgandik. Bundan tashqari, muxlislar oldida qarzimiz bor edi, JCHga chiqa olmaganimizdan keyin yaxshi o'yin namoyish etishimiz kerak edi. Qolaversa, eski o'yinlarni unutishimiz kerak edi. Bilasiz, vaqt o'tgan sari barcha yaralar bitadi.

- Oldin ko'pincha himoyada o'ynardik. Endi esa birinchi raqamli jamoa bo'lib hujumkor o'yin namoyish etayapmiz. Bu qanchalik qiyin yoki oson?
- Eng yaxshi himoya - bu hujum. Siz qancha ko'p hujum qilsangiz, to'p jarima maydonchangiz ichidan shuncha uzoqda bo'ladi. Ammo futbol faqat hujumdan iborat bo'lmaydi. Raqibga qarab himoyada ham, hujumda ham o'ynashimiz kerak. Yangi Zelandiyaga qarshi bahsda to'liq kuch bilan hujumga o'tmadik. Ular ham oldinga o'tdi, o'sha vaziyatlarda himoyalandik ham. Balansni ushlab tura olishimiz kerak. O'z paytida Avstraliya bizni jazolagan edi. Aslida Yangi Zellandiya bilan ham to'liq hujumkor o'yin qilmadik, shunchaki to'g'ri o'ynadik.

- Avstraliyadagi Osiyo Kubogidan oldin so'nggi tayyorgarliklardan biri ketmoqda. Ayni paytda jamoa necha foizga tayyor?
- Hozir barcha o'z klubi safida o'ynamoqda. Ko'pchilik futbolchilar yaxshi formada. Eng muhim holat dekabr oyida bo'ladi. O'sha paytda yaxshi formaga chiqib olsak yanvarda optimal o'yin namoyish etamiz. 2011 yilda Qatardagi qita chempionatiga ham deyarli shunday tayyorgarlik ko'rgandik. Formani yo'qotib qo'ymaslik uchun qisqa tanaffus bo'lishini hammamiz bilib turibmiz. Bizda so'nggi o'yin 9 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Bir hafta uyda hordiq chiqarsam kerak. Aniq dastur esa yaqin kunlarda malum bo'ladi. Musobaqaga optimal holatda borish o'ta muhim.  Jarohatdan holi bo'lishimiz kerak, dekabr oyi ko'p narsaga oydinlik kiritadi.

- Dekabrda kuchli bo'lmagan terma jamoalarga qarshi o'ynaymiz. Nima deb o'ylaysiz, jiddiy musobaqadan oldin kuchli raqiblar bilan o'ynagan yaxshimi yoki kuchsizroq jamoalar bilan?
- Kuchli raqib bo'lgani albatta yaxshi. Raqibingiz qanchalik kuchli bo'lsa, kamchiligingiz shuncha ko'p ko'rinadi. Bu esa kerak, boisi kamchilik ustida ishlagan taqdirimizda muvaffaqiyatga erishishiz mumkin. Agar jarohatni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, bu holat o'sha kuchsiz raqib bilan bahsda ham sodir bo'lishi mumkin. Hech kim bundan sug'urtalanmagan.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика