Temur Ismoilov: "Paxtakor"dek jamoa darvozasiga gol urish yoqimli, biroq natija muhimroq edi"
26 may 15:14
Yangiliklar


Temur Ismoilov: "Paxtakor"dek jamoa darvozasiga gol urish yoqimli, biroq natija muhimroq edi"
Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Temur Ismoilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin shiddatli ruhda o'tdi. G'alaba qozonishmiz, durang o'ynashimiz ham mumkin edi. Afsuski, o'yin yakunidagi gol mag'lubiyatga sabab bo'ldi. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
Uchrashuv so'ngida charchoq alomatlari ko'zga tashlandi. Qolaversa, diqqatni biroz yo'qotdik. Bu – futbol.
"Paxtakor"dek jamoa darvozasiga gol urish yoqimli, biroq natija muhimroq edi.
O'zbekiston kubogi nimchorak finalida "Navbahor" duch kelishi quradagi omadsizlik demagan bo'lardim. Sababi, har qanday raqibga qarshilik ko'rsata olyapmiz. To'g'ri, Superligadagi o'zaro qarama-qarshilikda kichik hisobda yutqazdik. Biroq kubokda boshqa o'yin namoyish etamiz. Biz oxirigacha borishni niyat qilganmiz", – dedi 29 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar