So’nggi yangiliklar

13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  0 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2

Temur Hakimov: “Hali oliy ligaga chiqqanimiz yo'q!” Yangiliklar

Temur Hakimov: “Hali oliy ligaga chiqqanimiz yo'q!”

O'zbekiston Birinchiligida peshqadamlik qilayotgan “Oq-tepa” oliy ligaga chiqishga asosiy davogar bo'lib turibdi.

Bir hafta ichida boshqa bir davogar “Obod” bilan ikki marta hisob-kitob qilgan Ildar Sakaev murabbiyligidagi jamoa har ikkala bellashuvda ham g'alaba nashidasini surdi. Mehmondagi o'yinda mezbonlar darvozasi 4 marta ishg'ol etilgan bo'lsa, “Oq-tepa” stadionida maydon egalari so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatni g'alabaga aylantirishdi. Har ikkala bahsda ham iqtidorli hujumchi Temur Hakimov dublga erishdi. Ayniqsa, ikkinchi o'yinda mag'lubiyatga uchrayotgan jamoasini ikkita goli bilan qutqarib qolgan hujumchi uchrashuv qahramoniga aylandi. Biz “yil o'yini” deya tarif bergan poytaxt “derbisi”dagi g'alabalar orqali “Oq-tepa” oliy liga sari dadil qadam tashladi. Endi toshkentlik eng yaqin taqibchisidan olti ochko ilgarilab ketdi. Bu yog'iga qozoniladigan har bir g'alaba jamoani oliy liga sari yaqinlashtiraveradi. Biz “yil o'yinlari” qahramoni Temur Hakimov bilan suhbatda bo'ldik.


- “Obod”ga qarshi o'yinlarning har ikkalasida ham “Oq-tepa” g'alaba qozondi. Siz uchrashuvlarda jami 4ta gol urdingiz. O'yinlar haqida qanday fikrdasiz?
- Fikrimcha, Obod bilan bo'lgan har ikkala uchrashuvda ham ayni vaqtda, aniqrog'i, o'yin kuni kuchli bo'lgan jamoa g'alaba qozondi. Ochig'i, bahs biz uchun qiyin o'tdi. CHunki jamoalar o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan, maqsadi aniq edi – g'alaba qozonish. SHunday ekan, bellashuvlar qiyin, qiziqarli o'tishini oldindan taxmin qilish qiyin emasdi va yakunda shunday bo'lib chiqdi. Rosti, “Obod” ham kuchli jamoa. Ular buni o'yinda isbotlashdi.

- Ayniqsa, ikkinchi uchrashuvda. “Obod” jamoasi “Oq-tepa” stadionidagi bellashuvda sizlarga nisbatan yaxshiroq o'ynagani ko'rindi.
- Aniqrog'i, ular yaxshi o'ynadi degandan ko'ra, bizning o'yinimiz chiqmaganini aytib o'tgan bo'lardim. Xususan, birinchi bo'limda biz umuman o'zimizga o'xshamadik. Bu tabiiy hol. Raqib birinchi o'yindan keyin bizni rosa o'rgangan ekan. Ammo ikkinchi bo'limda o'zimizga keldik va natijaga erishdik.

- Umumiy manoda o'sha kuni birinchi bo'limda “Oq-tepa”ni o'yini chiqmadi degandan, “Obod” sizlarga o'yin bermadi, desak to'g'riroq bo'lsa kerak?
- Ha. CHunki aytganimdek, ular bizni rosa o'rgangan ekan. SHuning natijasi o'laroq birinchi bo'limda barcha kuchli taraflarimizni “yopishdi”. Natijada bizning o'yin chiqmadi. Tanaffusdan keyin o'zimizga keldik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o'yinimizni kuchaytirdi. Jumladan, Anvar aka Rahimovning maydonga tushishi jamoa o'yiniga ijobiy tasir qildi.

- Birinchi o'yindan farqli ravishda ikkinchi bellashuvda Temur Hakimovning “o'yini chiqmadi”. Bunga qo'shilsangiz kerak?
- Fikringizga qo'shilaman. Haqiqatdan ham shu kuni o'yinim qovushmadi. Juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydim. Ammo Xudo shukr, uchrashuv so'nggida ikkita gol urdim va muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Qaysidir manoda omadim keldi, desam mubolag'a bo'lmaydi.

- “Obod”ga qarshi o'yinlarda g'alabaning asosiy omili nimada bo'ldi? Tajriba, ishtiyoq va murabbiylarning to'g'ri taktikasi?
- Albatta murabbiylarning raqibga nisbatan to'g'ri taktika tanlagani g'alabaning eng muhim omillaridan biri bo'ldi, lekin maydonga katta ishtiyoq bilan tushganimiz ham ikki o'yinda olti ochko jamg'arishimizga yordam berdi, desam noto'g'ri bo'lmasa kerak. Yana bir gap: ikkinchi o'yinda bizga ko'proq omad ham kulib boqdi. Lekin birinchi uchrashuvda “Obod”dan rostakamiga kuchlilik qilgandik.

- Mazkur ikki g'alabadan keyin “Oq-tepa” turnir jadvalidagi eng yaqin taqibchisi “Obod”dan olti ochko o'tib ketdi. Bu oliy liga yo'llanmasi naqd deganimi?
- Yo'q. Ha, 6 ochko farqi yaxshi natija, ammo oldimizda 7ta tur bor va ochkolar mavsum oxirida sanaladi. Albatta, oliy ligaga chiqish uchun yaxshi imkoniyat tug'ilgan ekan bundan foydalanishga harakat qilamiz. CHunki oldimizga qo'yilgan vazifa ham aslida shu.

- Asosiy raqib mag'lubiyatga uchratilgani va qolaversa, eng yaqin taqibchidan olti ochko ilgarilab ketilgani futbolchilarni xotirjamlikka berilishiga sabab bo'lmaydimi?
- Jamoaning ichida xotirjamlikka berilishning o'zi yo'q. Boisi, yuqorida aytganimdek, “Obod” mag'lubiyatga uchratilgani bilan hali oliy liga yo'llanmasi qo'lga kiritilmadi. CHempionat yakunlanishiga 7ta tur bor. Demak, xotirjamlikka berilishimizga haqqimiz yo'q. Biz qolgan uchrashuvlarga ham oxirgi o'yinga tayyorgarlik ko'rgandek tayyorlanamiz va shu kayfiyatda maydonga chiqamiz. CHunki xato qilishga umuman haqqimiz yo'q!


- Lekin baribir “Obod”ga qarshi o'yin bilan qolgan uchrashuvlarga bo'lgan tayyorgarlik orasida farq bo'lsa kerak?! Xususan, kelasi turda “Zomin” mehmoni bo'lasizlar.
- “Obod”ga qarshi uchrashuv principial darajadagi o'yin edi. Mazkur bahsda ko'p narsalarga oydinlik kiritilardi va yakunda shunday ham bo'ldi. Bizga Zominda ham oson bo'lmaydi. Bu oddiy haqiqat! Lekin biz Jizzaxga ham faqat g'alaba uchun boramiz.

- Ushbu mavsumda “Oq-tepa” uchun eng qiyin uchrashuv “Obod”ga qarshi bahslar bo'ldi, desak bo'ladimi?
- SHunday-ku, ammo “Obod”ga qarshi uchrashuvlarda ko'proq ruhiy tomondan qiyin bo'ldi. O'yin borasida bunday demagan bo'lardim.

- Vazifa bajarilsa, “Oq-tepa” shu tarkib bilan oliy ligada ishtirok eta oladimi?
- Oliy ligaga chiqsak albatta qaysidir chiziqlar kuchaytiriladi, bu tabiiy hol. Lekin jamoaning asosiy o'zagi saqlanib qoladi.

- To'purar bo'lish niyatingiz bormi?
- Men to'purar bo'lishimdan ko'ra, jamoa oliy ligaga chiqish vazifasini bajarsa, shunisi muhim.

- SHunday deysizku, siz “Oq-tepa”ning shtatli penaltichisiga aylandingiz. Bu xuddi to'purar bo'lishni xohlayotganingizga o'xshaydi.
- Albatta to'purar bo'lish yoqadi va yoqimli. Lekin baribir birinchi o'rinda klub manfaati, uning g'alabalari turadi.


- “Obod”ga qarshi ikkinchi o'yinda penaltidan foydalana olmadingiz. Darvozabon zarba yo'nalishini aniq topdi. Ushbu mavsum hali biror marta penaltida xatoga yo'l qo'ymagan edingiz.
- O'sha vaziyatda o'zim xato qildim. Zarba berishdan oldin yo'nalishini aytib qo'ydim. Lekin baribir qoyil, darvozabon qaerga tepishimni seza oldi va bu yil penaltidan zarbamni qaytargan birinchi posbonga aylandi.

- “Oq-tepa” oliy ligaga chiqsa klubda qolasizmi?
- Dastavval vazifani rasman bajaraylik, qolgani keyin hal bo'ladi.

- Oliy ligada 4ta jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Agar kelasi yil “Oq-tepa” oliy ligaga o'ynasa, sizga etakchi klublardan taklif bo'lmasa, jamoada qolasizmi yoki boshqa bir o'rtahol klubga yo'l olasizmi?
- Agar siz nazarda tutgan 4ta klubdan boshqasida o'ynamasam, “Oq-tepa”da qolaman. CHunki biz qolganlar bilan bemalol o'ynay olamiz.


Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика