Tehronga qaysi futbolchilar olib ketiladi?

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2017
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida Tehron shahrida Eron termasi bilan to'qnash keladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 iyun kuni charter reys bilan Tehronga uchib ketadi. Safarga boradigan 23 nafar futbolchi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”);

Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo'qon-1912”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”), Server Jeparov (“Istiqlol”, Eron), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya);

Hujumchilar:  Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).


Eronga qarshi uchrashuv 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia