Tebas: "Mbappe "Real"ga kelganda, endi ularni mag'lub qilib bo'lmaydi deyishgandi. Futbol matematika emas"
13 noy 2024 22:02
Yangiliklar
Tebas: "Mbappe "Real"ga kelganda, endi ularni mag'lub qilib bo'lmaydi deyishgandi. Futbol matematika emas"
La Liga prezidenti Kilian Mbappe haqida gapirdi.
Xaver Tebas franciyalik hujumchining "Real"ga kelishi va ularning "Barselona" bilan raqobati haqida fikr bildirdi.
"Barselona" La Ligada ketma-ket ikki yil mag'lub bo'ldi. Futbol – matematika emas. "Real"ga Mbappe kelishi bilan ularni endi mag'lub qilib bo'lmaydi deyishgandi. Yaxshiyamki, futbol bunday ishlamaydi. O'yinchilarga moslashish uchun vaqt kerak.
Bunday vaziyatlar bo'lib turadi. Mbappe kelishi bilan hamma raqiblarni yo'q qilib tashlagani yo'q. "Barselona" esa qiyin davrlarni boshdan o'tkazmoqda. Bunday qiyinchilikdan so'ng ularning g'alabalari yanada qadrliroq bo'lmoqda. CHunki bunday bo'lishini hech kim kutmagandi", - deydi Xaver Tebas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar