Tebas: "Manchester Siti" va PSJda neft bazasi bor, bu esa moliyaviy dopingdek gap"
12 apr 2018 17:40
Yangiliklar


Tebas: "Manchester Siti" va PSJda neft bazasi bor, bu esa moliyaviy dopingdek gap"
LaLiga prezidenti Xaver Tebas matbuot-anjumanida "Manchester Siti" va PSJ kabi boy klublarning xarajatlarini jiddiyroq nazorat qilish kerakligini aytdi.
"PSJ egalari - Qatar mamlakati. Neymarni sotib olishni istashdi, narxga tupirishdi va neft jo'mragini ochib, xarid qilishdi. "Manchestre Siti" ham shunday qilmoqda.
Oddiy jamoalarda bunday jo'mrak yo'q. Ularga TV-huquqlardan daromad kerak. Qatarning pullari - moliyaviy doping. Neymar xarididan yarim yil avval PSJ rahbariyatiga ularning transfer siyosati ustdan arz qilishimni aytganman. Agar bu to'xtatilmasa, Evropa futbol tez orada o'zgarib ketadi" - deydi Tebas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar