So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" аутсайдерни қийинчилик билан мағлуб қилди, Амад Диаллодан хет-трик!  17 01:50Альфонсо Дэвис "Бавария" таклифига кўнмаяпти  1 01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  18 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  8 00:46Испания Кубоги. "Реал" – "Сельта" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 00:30HERE WE GO: Омар Мармуш - "Манчестер Сити" футболчиси!  6 00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  3 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  19 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0

Tebas "Barsa"ga tahdid qilmoqda: agar katta sotuvlar bo'lmasa, hech qanday transferlar bo'lmaydi. Va hech qanday dastaklar ham (mutolaa uchun) Yangiliklar

Tebas "Barsa"ga tahdid qilmoqda: agar katta sotuvlar bo'lmasa, hech qanday transferlar bo'lmaydi. Va hech qanday dastaklar ham (mutolaa uchun)

Laporta xotirjam.


Agar Barselona" chempionatda farq bilan etakchilik qilayotgani va "Real"ni Ispaniya kubogi birinchi yarim finalida mag'lub etgani uchun ishlari zo'r ketmoqda deb o'ylasangiz, Xaver Tebas sizni xafa qilishga shoshilmoqda.

La Liga prezidenti Londonda Financial Times nashri tashkil etgan "Futboldagi biznes" forumiga keldi. U erda "Barsa" muxlislari yaqin yozda shov-shuvli transferlarga umid qilishi kerakmasligini aytdi.


Tebas "Barsa"ning byudjeti -200 mln evro ekanligini takidlamoqda. Ko'plab futbolchilarni sotish kerak

"Bugungi kunda "Barselona" byudjetida yaqin transfer oynasi uchun erkin pullar yo'q. Klub La Liga obro'siga tasir qiladigan nomaqbul xatti-harakatlarda ayblanmoqda. Biz ham shunga muvofiq harakat qilamiz.

Biz ularning yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolay olmasligini joriy qildik. Ular o'tgan yili 700 mln evroga televizion huquqlarni sotishdi, boshqa echimlar va chiqish yo'llarini izlashdi. Ammo, kelasi mavsum bu ish bermaydi.

"Barselona"ga ushbu qishda yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolashiga yo'l qo'ymadik. Yozda ham shunday – ularda bunday imkoniyat bo'lmaydi.



Bizda qatiy iqtisodiy nazorat bor. Har oyna so'nggida La Liganing barcha klublariga qancha ishlatishlari mumkinligini aytamiz. "Barselona" bunday holatda transferlar uchun chiqimlarni va futbolchining maoshlarini 650dan 450 mln evroga qisqartirishi kerak. SHunday ekan, hozirda ularning byudjeti – -200 mln evro.

Ularga futbolchilarni sotishni taklif qilamiz, sababi "Barselona" keladigan transferlardan olinadigan pul bilan 40% xaridlarga sarflashi mumkin".

La Liga rahbari so'nggi vaqtlarda faol tarzda Kataloniya klubi va shaxsan Joan Laportani tanqid qilmoqda. So'nggi tanqidlar uchun sabab – "Negreyra ishi". "Barselona" maslahat uchun hakamlar qo'mitasi vice-rahbariga millionlar to'lagan. Tebas bu borada klubdan tushuntirish berishni talab qilmoqda.


Laporta muammo yo'q, Tebasning esa shunchaki "Barsa"ni ko'rarga ko'zi yo'q deb hisoblaydi


• Ammo, "Barselona" prezidenti Joan Laporta optimizmga to'la va klubda hech qanday moliyaviy muammolar yo'q deb hisoblaydi. Uning o'tgan oyda gapirgan gaplari:

"Antuan Grizmann va Jerar Pikening ketishi klubni kelasi mavsum 90 million evro atrofidagi mablag'dan xalos etdi – bu pullar hali liganing "Barselona" kelasi yozda ishlatishi mumkin bo'lgan hisob-kitoblariga kiritilmagan. SHunday ekan, o'yinchilarni sotishimizga to'g'ri kelmaydi – biz tarkibni kuchaytiramiz".

• Fevralda "Negreyra ishi" yongan payti Laporta Tebas borasida gapirgandi:

"Bizni Tebas "Barselona" va shaxsan mening obro'mni yo'q qilish uchun ish boshlagani haqida allaqachon ogohlantirishgan edi. Niqoblar tushirildi. U "Barsa"ga tobe va klubimizning muvaffaqiyatlaridan qo'rqadi".

• Ammo, yil boshidayoq La Liga "Barselona"ni moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortgandi. O'shanda qonun bilan muammolar Dani Alves va Andreas Kristensenning transferi, shuningdek Arauxoning yangi shartnomasi sabab yuzaga kelgani haqida aytishgandi.

"Barselona"ni 800 ming evroga jarimaga tortishdi.

• Diario Sport dekabrda La Liganing moliyaviy qoidani o'zgartirishi haqida yozgan – endilikda moliyaviy dastaklar yordam bermaydi. Liga kelajakda muvaffaqiyat kafolati uchun kerak bo'lgan aktivlarning huquqlarini sotishni taqiqlaydi.

Ammo, "Barselona"ning dastaklari to'liq ishlamadi ham. Maosh jamg'armasidagi teshikni to'liq yopishning uddasidan chiqilmadi. Catalunya Radio yanvardayoq klub yozda o'yinchilarni sotishiga to'g'ri kelishi haqida xabar qilgandi.

• Agar yozda muhim o'yinchilardan kimnidir sotish kerak bo'lsa, Xavi juda ham xafa bo'ladi. U yanvarda ushbu tarkibdan qoniqayotgani va hech narsani o'zgartirmagan bo'lishini aytgandi: "Menda boridan juda ham mamnunman. Agar hech narsaga tegmasak, bu ideal bo'ladi".



→ Mutolaa uchun. "Barselona" yangi mojaroda. Klub hakamlar xo'jayiniga katta miqdorda pul o'tkazgan


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика