Tchuameni "Liverpul"ga qarshi o'yinga qadar safga qaytadi
18 fev 2023 23:20
Yangiliklar
Tchuameni "Liverpul"ga qarshi o'yinga qadar safga qaytadi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Orelen Tchuamenining "Liverpul"ga qarshi CHempionlar ligasining 1/8 finali birinchi o'yinida ishtirok etishi deyarli aniq.
Manbaning xabariga ko'ra, franciyalik futbolchi "Enfild"dagi dastlabki o'yinda maydonga tushishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Tchuamenining Ispaniya chempionati doirasidagi "Osasuna"ga qarshi safar o'yinida yordam berolmasligi malum bo'lgandi. Futbolchi grippga chalingan va unga davolanish uchun dam beriladi.
Tchuameni yozda “Monako”dan 80 million evro evaziga “Real”ga o'tgandi. Yarim himoyachi allaqachon Karlo Anchelotti jamoasida boshlang'ich tarkib o'yinchisiga aylanib ulgurdi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Orelen ikkita golli uzatmasi amalga oshirdi.
Fikrlar