So’nggi yangiliklar

15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  1 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  2 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   2 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   3 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  7 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  7 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  4 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0

Tayyorlov guruhlari. “Andijon” – “Neftchi” 1:0 Yangiliklar

Tayyorlov guruhlari. “Andijon” – “Neftchi” 1:0

Bugun Andijon shahridagi “Bo'ston” dahasida joylashgan “BO'FM” maydonida Oliy va birinchi liga jamoalari o'rtasidagi 2003-2004 yillarda tug'ilgan bolalar ishtirokidagi tayyorlov guruh jamoalari Respublika birinchiligi o'yinlari bo'lib o'tdi.

“Unda “Andijon” Farg'onaning “Neftchi” jamoasini qabul qildi. 13-14 yoshli futbolchilar o'rtasida kechgan derbi keskin va murosasiz ruh ostida o'tganini alohida takidlash lozim. Har ikki jamoa o'yinchilari ham to'p uchun kurashlarda bir-birlarini ortiqcha ayab o'tirmadi. Derbi maqomini olgan har bir bahs har qanday yoshdagi jamoalar o'rtasida kechmasin baribir jangavor tarzda o'tishiga shu kuni o'zimiz guvohi bo'ldik.

Birinchi bo'limda jamoamizda hisobni ochish uchun bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, yakunda yosh futbolchilarga aniqlik etishmadi. Ammo bundan sira tushkunlikkka tushmasdan, astoydil oldinga intilgan “Andijon” ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib, o'z niyatiga etdi. Bungacha o'tkazilib kelingan ko'plab musobaqalarda “Eng yaxshi hujumchi” nominaciyasida g'olib chiqqan iqtidorli futbolchi Abdumalik Do'smatov yaratilgan vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Mazkur goldan keyin o'yindagi shiddat, futbolchilardagi ishtiyoq yanada ortgan bo'lishiga qaramay, Do'smatov tomonidan kiritilgan gol yagonaligicha saqlanib qolindi.
SHu o'rinda “Andijon” futbol klubi qoshidagi mazkur jamoaga ayni damda murabbiy SHamshir Qo'ldoshev ustozlik qilib kelayotganini ham aytib o'tish lozim. Unga iqtidorli murabbiy Nodir Yadgarov yordam berib kelmoqda. Bugungi kunda viloyatimizning eng iqtidorli yoshlaridan tashkil topgan ushbu “Andijon-2003” jamoasi o'z guruhida ijobiy natija qayd etib, hozircha 1-o'rinni egallab turibdi. Malumot uchun “Andijon-2003” guruhida “Neftchi”, “Istiqlol” (Farg'ona), “Xotira-79” (Uychi), “Norin” (Haqqulobod) jamoalari o'rin olgan. SHamshir Durbekovich shogirdlari keyingi turni ham o'z uyida o'tkazadi. Bu safargi raqib “Istiqlol” jamoasidir.   

“Andijon” – “Neftchi” 1:0 (0:0).
GOL:
Abdumalik Do'smatov, 62.
“ANDIJON”:
12. Abror Sobirov
6. Abdurahmon Yuldashev
8. SHodiyor Olimjonov
15. Sirojiddin Solijonov
17. Jamoliddin Abdumalikov
18. Abbos Abdug'afforov
22. Sobir Mahmudov
25. Muhammadqodir Olimjonov
44. Abduqodir G'oziev
55. Yaxyo Mamatxonov
90. Fitrat Muhammadjonov.

Zaxiradan tushganlar:
91. Muhammadrizo Yuldashev
19. Nematillo Ahmadjonov
26. Sardor Marufov
32. Arabboy Abdurahmonov
34. Azamat Fozilov
88. Abdumalik Do'smatov.


“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика