So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Taxminlarni yo'q qilayotgan "Surxon" "Bunyodkor"ga qarshi, Levchenko Buxoroda Sarkisyanning natijasini takrorlay oladimi? Yangiliklar

Taxminlarni yo'q qilayotgan "Surxon" "Bunyodkor"ga qarshi, Levchenko Buxoroda Sarkisyanning natijasini takrorlay oladimi?

Tongning tarovatidagi ramazon xayiti kayfiyatiga hamohang ravishda kech oqshomda Superliganing 7-tur uchrashuvlariga start beriladi.

CHempionatning 4dan 1 qismi o'tib bo'ldi. Birinchi davraning ekvatoriga etib keldik.  Jamoalarning imkoniyatlari sekin-asta yuzaga chiqib bormoqda. 2-3ta tur o'tsin, hozirdan biron narsa deb bo'lmaydi kabi bahonalar ortga chekinishni boshladi. Bugun start oladigan 7-tur uchrashuvlari ham ko'p narsaga oydinlik kiritib bersa hech gapmas. Demak bugungi bellashuvlar oldidan jamoalarning imkoniyatlarini chamalab ko'ramiz. 


Surxon

Asilbek Jumaev - 52'

Superliga. 7-tur

21/04/2023, 17:00

0
:
1
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
40'  Nuriddin Hasanov (Asadbek Karimov)
46'  Tamirlan Jamalutdinov (Kamron Saidazimov)
52'  Asilbek Jumaev
72'  Asadbek Karimov
85'  Asilbek Jumaev (Diyor Ramazonov)
90'  Silvanus Nimeli (Aziz Pirmuhammadov)
90'  Aziz Pirmuhammadov
35'  Igor Ivanovich
36'  Viktor Sotnikov
46'  Viktor Sotnikov (Diyor Jaloliddinov)
57'  ZHasur YOqubov (Doniyor Abdumannopov)
64'  Jasur Hakimov (Muzaffar Olimjonov)
80'  Diyor Jaloliddinov (Ahmadjon Anvarov)
80'  Akbar Ismatullayev (Farhod O'tkirov)

"Surxon" - "Bunyodkor"


— "Bu yil "Surxon" Superligada jon saqlash uchun kurashadi",- deyilgan edi mavsum boshida. Lekin 6ta turdan so'ng 8 ochko jamg'arib qo'ydi. 8-o'rinda ketmoqda va yuqoridagilar bilan tafovut katta emas. Futbolchilarning ko'zi yonib turibdi, ishtiyoq kuchli. Lekin jamoa 2 bor kuchli raqib bilan to'qnash keldi va ikkisida ham mag'lubiyatga uchradi. Bugun aynan daraja asosiy planga chiqadi. "Bunyodkor" esa mehmonda qanday o'ynash va natija bilan qaytish kerak bo'lsa, barchasini qilyapti, 4ta o'yin 4ta g'alaba 12 ochko, to'plar nisbati 9-2. Mehmonda ochko jamg'arish borasida "qaldirg'ochlar" etakchi bo'lib turibdi. "Bunyodkor" himoyachilari Nimeliga xushyor turishlari talab etiladi. CHunki yarim himoyachilar bevosita aynan Nimeliga o'ynashadi, uni yopa olishsa va bo'sh xudud berishmasa "Surxon" hujumiga "stop" belgisini qo'ygan bo'lishadi.

Imkoniyatlar: 45/55


Fakt. "Bunyodkor" 2018 yilgi natijani yangilash arafasida. O'shanda "qaldirg'ochlar" 6ta turda mag'lubiyatga uchramagan edi.


Buxoro

Aleksandar Stanisavlevich - 52', Aleksandar Stanisavlevich - 90'

Superliga. 7-tur

21/04/2023, 18:30

2
:
2
Tugadi

Neftchi

Ulug'bek Hoshimov - 32', Izzat Abdullaev - 82'

45'
90'
20'  Vsevolod Nixaev
52'  Aleksandar Stanisavlevich
52'  Obid Jo’raboyev
62'  Ro’zimboy Ahmedov (Aleksandr Kasyan)
87'  Humoyunmirzo Iminov (Fayzullobek Jumanqo'ziev)
87'  Jamoliddin Ubaydullayev (Asil Begimqulov)
87'  Vsevolod Nixaev (Sohib Muhammadiev)
90'  Aleksandar Stanisavlevich
90'  Aleksandr Kasyan
32'  Ulug'bek Hoshimov
32'  Umar Adhamzoda
45'  Zoir ZHo'raboev
62'  G’ulomhaydar G’ulomov (YUriy Batyushin)
81'  YUriy Batyushin
82'  Ulug'bek Hoshimov (Izzat Abdullaev)
82'  Nurillo To'xtasinov (Diyor Turopov)
82'  Izzat Abdullaev
82'  Zoir ZHo'raboev
89'  Andrey Mishchenko
90'  Mirzohid G’ofurov

"Buxoro" - "Neftchi"

— "Neftchi"ning startdagi xarakatlari aldamchi bo'lib chiqmadi. Biroq ular ham bilib turishibdiki bitta qoqilish ham pastga badarg'a qiladi. "Bunyodkor" bilan ochkolar teng, bugun farg'onaliklar eng yaqin taqibchisining natijasidan xabar topgan holda maydonga chiqadi. SHunday ekan Vitaliy Levchenko uchun endilikda har bir o'yin sinov hisoblanishi tabiiy. "Buxoro" esa Bakaev bilan ham burilish qila olmayapti. Asosiy muammo oldingi chiziqda, jamoa 6ta o'yinda bor yo'g'i 2ta gol urgani uyatli holat. Buxoroliklar raqiblari darvozasiga 12 bor aniq zarba yo'llagan, bitta o'yinda o'rtacha 2ta. SHundan 2tasi darvozaga kirgan, xolos. "Neftchi" o'z o'yinini yo'qotmagan holda safardan ochko bilan qaytishlarini taxmin qilish mumkin. 

Imkoniyatlar: 40/60


Fakt. "Neftchi" Superliga doirasida "Buxoro"ni 2015 yildan beri mag'lubiyatga uchrata olmayapti. Buxorodan esa 12 yildan beri g'alabasiz ortga qaytmoqda, so'nggi g'alaba 2011 yil qo'lga kiritilgan. O'zaro so'nggi 10ta o'yinda Farg'onaliklar faqat 2 bor g'alaba qozongan, 1bor durang o'ynagan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика