Taxminiy EVRO-2016. Doston Tursunov Fransiya - Ruminiya uchrashuvi hisobini to'g'ri topdi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2016, 12:49
Kecha 2016 yilgi Yevropa chempionati bahslariga atab "Taxminiy EVRO-2016" loyihasini ishga tushirgandik.

Biz ushbu musobaqani yanada qiziqarliroq qilish maqsadida 10 nafar futbolchi o'rtasida taxminiy Evro-2016 loyihasini ishga tushirishga qaror qildik.

O'zbekistonlik 10 nafar futbolchi har bir uchrashuvga o'zining taxminiy hisobini beradi. Ballar quyidagi tartibda baholanadi:
Aniq topilgan hisob - 3 ball
Aniq topilgan to'plar farqi - 2 ball
G'olib jamoa topilgan - 1 ball

Shu orqali eng ko'p ball to'plagan futbolchi loyiha g'olibi deb topiladi. Kechagi Fransiya - Ruminiya uchrashuviga berilgan taxminlarni taqdim etgandik. "Qo'qon-1912" himoyachisi Doston Tursunov 2:1 hisobini aniq topdi va 3 ballaga ega bo'ldi.  Eldor Shomurodov 2 balla, qolgan barcha ishtirokchilar 1 balldan qo'lga kiritishdi.

Quyida bugungi uchta o'yin uchun berilgan taxminlar bilan tanishing:


Albaniya – Shveytsariya        

Uels – Slovakiya       

Angliya – Rossiya    

Ikrom Aliboev                

1:2

0:0

2:0

Rustam Ashurmatov

1:2

1:1

2:1

Akrom Komilov

1:2

1:2

3:1

Javohir Sidiqov

0:2

1:0

2:1

Doston Tursunov

1:1

1:2

2:0

Zabihillo O'rinboev

0:1

1:1

2:1

Dostonbek Hamdamov

1:2

1:2

3:1

Dilshod Hamroev

0:2

2:1

1:0

Eldor Shomurodov

0:2

2:1

1:1

Otabek Shukurov

1:2

1:1

2:0



Siz nima deb o'ylaysiz bugungi bahs qanday natija bilan tugaydi?

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia