Taxmin: "Loko" Jizzaxda ochko yo'qotadi
25 iyu 2021 18:05
Yangiliklar
Taxmin: "Loko" Jizzaxda ochko yo'qotadi
Bugun Toshkentning "Lokomotiv" klubi Jizzaxda mehmon bo'ladi.
So'g'diyona |
Superliga. 11-tur 25/06/2021, 20:00 0
:
0
Tugadi
|
Lokomotiv |
Jamoalarda kayfiyat qanday?
"Lokomotiv" 10-turda "Qo'qon-1912" bilan to'nashdi. 20 iyun kuni Toshkentda o'tkazilgan bahsda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining qo'li baland kelgan edi.
Lokomotiv |
Superliga. 10-tur 20/06/2021, 20:00 1
:
0
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Muhammadanas Hasanov - 44' |
"So'g'diyona" esa o'tgan turda Toshkentda mehmon bo'lib, "Paxtakor"dan ochko tortib olishni uddaladi.
Musobaqa jadvali
Ayni paytda "Lokomotiv" turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Mikael Sekeyra shogirdlarining hisobida 10 o'yindan keyin 14 ochko bor. "Temiryo'lchilar" 10-pog'onadagi "Navbahor"dan 1 ochko oldinda bo'lsa, 3-o'rindagi AGMKdan 5 ochko orqada bo'lib turibdi.
Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "So'g'diyona" esa 22 ochko bilan 2-bo'lib turibdi. "So'g'diyona" peshqadam "Paxtakor"dan 4 ochko orqada bo'lsa, 3-o'rindagi AGMKdan 3 ochko oldinda boryapti.
O'zaro uchrashuvlar
Mazkur jamoalar O'zbekiston chempionati doirasida jami 26 bor to'nash kelishgan. 5 uchrashuv jizaxliklarning g'alabasi bilan yakunlangan, 17 o'yinda "Lokomotiv"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 4 uchrashuvda durang qayd etilgan.
Alohida takidlash lozimki, ushbu klublar ishtirokidagi so'nggi 3 o'yinning barchasida Ulug'bek Baqoev jamoasi zafar quchgan. "Lokomotiv" 2017 yilning avgustidan buyon Jizzaxda g'alaba qozona bilmayapti.
So'nggi o'yin
"So'g'diyona" va "Loko" o'rtasidagi so'nggi bahs 2020 yilgi mavsumning 18-turida o'tkazilgan va unda 2:1 hisobi qayd etilgan edi.
Coca Cola Superliga. 18-tur
SO'G'DIYONA – LOKOMOTIV 2:1Gollar: Boltaboev 20, Jo'rabekov 34, Turopov 64.
2 oktyabr. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 17:00
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Avaz Abdullaev, Sardor Nishonboev, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Laziz Qo'chqorov"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar SHoyqulov (5.Ayubxon No'monov 76), 7.Sanjar Rashidov (14.Daniel Nasriddinov 69), 8.Jamshid Boltaboev, 11.Jasur Hasanov, 18.SHavkat Mullajonov, 19.Javohir Qahramonov, 20.Bahodir Nasimov (21.Sahob Rashidov 61), 22.SHahboz Jo'rabekov, 93.Marko Kolakovich (4.Elyor Orifov 76).
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 25.Nodirbek Kuybokov, 30.Dian Talxatov, 36.Elyor Sobirjonov, 70.Komiljon Qahorov.
"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 3.Jahongir Abdumo'minov (4.SHahzod SHaymanov 71), 7.Kaxi Maxaradze, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Azizbek Amonov (9.Kirill Pogrebnyak 82), 20.G'ulom Haydar G'ulomov, 26.Dilshodjon Komilov ( 5.Slavko Damyanovich 59), 28.SHuhrat Muhammadiev, 37.SHerzod Fayziev, 52.Jaloliddin Jumaboev, 77.Diyorjon Turopov.
Zaxira: 13.Rustam Nartadjiev, 17.Saveliy Abramov, 19.Avazbek O'lmasaliev, 23.Abdul Aziz Yusupov, 25.Javohir Alijonov, 80.Farruh Ibrohimov.Ogohlantirishlar: Mitrovich 3, SHoyqulov 12, Abdumo'minov 17, Jo'rabekov, 57, Nasriddinov 90+1, Pogrebnyak 90+3.
Taxmin
Ko'p ehtimol bilan "So'g'diyona"ning mag'lubiyatsiz odimi 11-turdan keyin ham davom etsa kerak. Jamoa etakchisi SHohruz Norxonov 19 iyun kuni o'tkazilgan "Paxtakor" bilan o'yinda o'zini ko'rsata olmagan edi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Ulug'bek Baqoev shogirdining terma jamoa yig'ini tufayli 1 oy yo'qotgani va "sherlar" bilan o'yinga qadar klub mashg'ulotlarida ishtirok etolmaganini aytdi. Bugun SHohruz kichik "kambek"ni amalga oshrsa kerak. Eslatib o'tamiz, Norxonov ayni paytda Superliga to'purari bo'lib turibdi.
Fakt: Bugungi uchrashuvni Akobirxo'ja SHukrullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. "So'g'diyona" jamoasi mazkur referi ishlagan o'yinlarda hali biror marta mag'lub bo'lmagan.
Eslatib o'tamiz, Jizzaxdagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
So'g'diyona |
Superliga. 11-tur 25/06/2021, 20:00 0
:
0
Tugadi
|
Lokomotiv |
Fikrlar