So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Tavsiya etamiz: Yupp Xaynkes bilan katta intervyu Yangiliklar

Tavsiya etamiz: Yupp Xaynkes bilan katta intervyu

Jahonga mashhur "Goal" nashri nafaqadan ishga qaytarilgan "Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes bilan uyushtirgan intervyuni chop etdi.

- Hozirgi kunda yosh murabbiylar haqida juda ko'p gapirilmoqda. 1979 yilda siz Bundesliganing eng yosh murabbiyi bo'lgansiz. 34 yoshli Xaynkes uchun "Borussiya" Myonxengladbaxni boshqarish qanday bo'lgan?
- 1978 yilga qadar men futbolchi bo'lganman. Keyinchalik bir yil Udo Lattekka yordamchi sifatida ishlagandim. Ko'p o'tmay klub menejeri Xelmut Grasxoff mendan bosh jamoani boshqarishga tayyormisan, deb so'ragandi. Men esa ikkilanmay bu chaqiruvga shayligimni aytgandim. O'shanda jamoani boshqarib ketishga ko'zim etgandi. Lekin ishga kirishganda men hali bosh murabbiy sifatida juda ko'p narsalarni bilmasligimni va buning uchun ko'p o'rganishim lozimligini anglagandim. Aynan o'shanda bosh murabbiylik qanchalik masuliyatli ekanligini chinakamiga tushunganman.

- O'shanda aynan nimalarni o'rganishiz lozim bo'lgan?
- Men futbolchilik paytimdayoq juda yuqori maqsadlarni o'z oldimga vazifa qilib qo'yardim. Men maqsadni juda maksimum qo'yardim va bu yo'lda tinmay mehnat qilishni xush ko'rardim. Hayotdagi shiorim doimo g'oliblik uchun kurashish va har doim yuqori cho'qqida bo'lishdan iborat bo'lgan. Bu kabi yuqori maqsadlarni o'z oldimga vazifa qilib qo'yishimga murabbiyimiz Xennes Vaysvaylerning tasiri kuchli bo'lgandi. Vaysvayler hech qachon yutqazishni xazm qilolmasdi. Vaysvayler mag'lubiyatdan nafratlanardi. Futbolda bu muhim. Yani sen doimo mag'lubiyatlarga hurmat saqlagan holda munosabatda bo'lishing kerak. Lekin hech qachon mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilishga o'rganib qolmasliging lozim. Mag'lubiyatdan kerakli va to'g'ri xulosalarni chiqarishni o'rganish zarur. Bu seni chuqur tahlil qilishga undashi kerak.  SHu tomondan mag'lubiyat senga yordam beradi. Bosh murabbiy bo'lish uchun avvalo jamoani boshqarishni va insonlar bilan to'g'ri muloqot qilishni o'rganishing lozim. Menga eng katta yordam jihatlardan biri bu meni avtoritetim bo'lgan. Yani futbolchilik paytimda jamoada yuqori statusga ega bo'lganman va bu narsa menga bosh murabbiylik faoliyatimni boshlab olishda juda katta ko'mak bergan. SHuningdek, aynan shu mavzu bo'yicha bitta misol keltirib o'tishim mumkin.

- Bemalol.
- Bosh murabbiy bo'lgan paytimda jamoada men bilan birga to'p tepgan futbolchilar o'ynashardi. Ular tabiiyki menga senlab murojaat qilishardi. Men bosh murabbiy bo'lganimdan so'ng ular hurmat yuzasidan sizlab murojaat qilishadigan bo'lishdi. O'shanda men ularga: "Jinnimisizlar, nima aqldan ozdilaringmi? Menga senlab murojaat qilaveringlar, bo'ldi nuqta", deganman. Aynan shu voqea meni futbolchilar qanchalik hurmat qilishlarini ko'rsatgan. Bu murabbiy uchun juda muhim. Bir tomondan futbolchi va murabbiy o'rtasida masofa saqlanishi kerak. Boshqa tarafdan qaraganda esa murabbiy futbolchilar bilan yaqin aloqa o'rganatishi zarur. O'ylashimcha, men shu ikkala tarafni kerakli balansda ushlay olganman.

- Ishingizni qanday uddalagansiz?
- Birinchi mavsumda biz 7-o'rinni band etganmiz. UEFA kubogida esa finalga qadar borgandik. SHu boisdan ham ko'plab iliq so'zlar yangragan. SHuningdek, tanqidlar ham uchragandi. Bu normal holat. Hozirgi kunda ham tanqidlar futbolning bir bo'lagi. Lekin tanqidlar meni izdan chiqarmagan. O'zim ham barcha maqtov va tanqidlarni to'g'ri taqsimlay olardim. Hech qanday maqtov yoki tanqidlar meni ishimdagi tempimni tushirib yuborishiga yo'l qo'ymasdim. O'zimga nisbatan talabchan bo'lganman. SHuni qayd etib o'tishim kerakki, futboldagi iqtidordan tashqari baquvvat ruhiyat egasiman . Bu narsa esa meni murabbiylikdagi faoliyatim davomida juda katta yordam bergan. Murabbiy sifatida qay tariqa ishlashim haqida aniq tasavvurga ega bo'lganman. SHuningdek, boshqalardan ham o'rganimish kerak bo'lgan jihatlarni o'zlashtirishga doim harakat qilardim. Futboldagi kichik yoki mayda detallarga etibor berish orqali o'z ishingni engillashtirib olishing mumkin. Bu narsa ish davomida senga qo'l keladi.

- Hozirgi kunda yosh murabbiylarga qiyinmi?
- Yosh murabbiylar hozirga kelib bizdan ko'ra yaxshi tayyorgarlikka egalar. Masalan, men faqatgina 1 yil buyuk Udo Lattek bilan ishlab, undan ko'p narsalarni o'rganganman. Hozir esa zamon o'zgardi. 21 asr futbolida barchasi boshqacha.  Endilikda yosh murabbiylar avval o'smirlar yoki yoshlar jamoasi bilan ishlab tajriba to'plashmoqda. Yosh murabbiylar o'zlarini to'g'ri yo'nalishda taklif etishlari va jamoa bilan mashg'ulotlarda ishlashni o'rganishlari talab etiladi.

- Murabbiylik faoliyatingizda o'tmishda professional futbolchi bo'lganingiz qo'l kelyaptimi?
- SHubhasiz. Bu albatta senga qo'shimcha ustunlik beradi. Baribir yosh murabbiylarga zamonaviy futbolda oson emas. Bu haqiqat. Oddiy misol, OAVdagi yuqori bosim yoki klublar qo'yadigan vazifalar. Yosh murabbiylarga adashish huquqi bo'lmog'i lozim. Biz hammamiz shu yo'lni bosib o'tganmiz.

- Xennes Vaysvaylerdan tashqari yana kim sizga tasir o'tkazgan?
- Masalan Ernst Xappel. Ernst juda kuchli strateg bo'lgan. "Gamburg" uning qo'l ostida zamonaviy futbol ko'rsatgan. "Bir chiziqli himoya, offsayd, pressing, zich himoya va zamonaviy hujumkor sxemalar"ni barchasi unda mujassam edi. Men uning ish uslubini diqqat bilan kuzatardim, tahlil qilardim va o'rganardim. Keyinchalik Arrigo Sakki va Yoxan Kroyffning ishlaridan ilhomlanganman. Agarda sen ahmoq bo'lmasang, unda har doim kimdandir nimanidir o'rganishga, izlanishga harakat qilasan.

- 2013 yili futboldan ketganingizdan so'ng hamkasblaringiz faoliyatini kuzatib turdingizmi?
-  To'g'risini aytadigan bo'lsam, men 2013 yili murabbiylik faoliyatimni butunlay tugatgandim. Keyin esa futbolni oddiy ishqiboz kabi tomosha qildim. Albatta, bazan murabbiyligim tutib o'ylardim: bu jamoa yaxshi o'ynamoqda. Yoki: men bo'lganimda hozir bu almashtirishni amalga oshirmagan bo'lardim. Qachonki sen uzoq yillar murabbiy sifatida ishlar ekansan, bu kabi narsalarni seza olasan. Futbolchilarni maydondagi harakatini tahlil qilasan, kim qanday o'ynayotganiga baho berasan va hokazo. Lekin doim ham barcha o'yinlarni ko'ravermasdim. Yaxshisi nafaqada paytim ko'proq uyqudan tuyib olishni istardim.

- Uli Xyoness yaqinda siz haqingizda zamonaviy murabbiy va ajoyib inson ekanizni takidladi. Xattoki kiyinish xonasida ham ajoyib muhit shakllangan. Aytingchi, muvaffaqiyat kalitingiz nimalardan iborat?
- Uli Xyonessdan istalgan mavzuda nimadir so'rasangiz, u qanday javob berishni o'ylab topadigan inson. Uli doim pozitiv fikrlaydi va yoqimli so'zlarni ishlata oladi. Xyoness jamoani qay tariqa boshqara olishim, mashg'ulotlarda sifatli futbol namoyish etishga zarur bo'ladigan barcha jihatlarni inobatga olishimni, hech narsani beetibor qoldirmasligimni nazarda tutgan bo'lishi kerak. Birinchi navbatda esa jamoani boshqarishni nazarda tutgan.

- Sizning asosiy principlaringiz qanday?
- Murabbiylar har xil tipga bo'linadi. Hamma o'z xarakteridan kelib chiqib jamoa bilan muloqot qiladi. Murabbiy uchun barcha futbolchini birdek hurmat qilish va butun klub xodimlariga ehtirom ko'rsatish muhim omil sanaladi. Men uchun barcha inson bir. U xoh futbolchi bo'lsin, klub xodimi yoki shtabdagi mamur bo'ladimi farqi yo'q. Men uchun insonlarni dini, rangi va statusidan qatiy nazar barcha teng. Bundan tashqari barcha futbolchi bilan ochiq-oydin suhbat bo'lmog'i shart.  SHundagina o'zaro hurmat vujudga keladi. Meni eng asosiy yutug'im yoki ustunligim - futbolchilar menga ishonashida va aksincha, men futbolchilarga to'liq ishonaman. Muvaffaqiyat kalitim o'zaro ishonchda. Murabbiy jamoada haqiqiy avtoritet darajasida bo'lishi kerak. Futbolchilar murabbiyga shunchaki murabbiy bo'lgani uchungina bo'ysunishlari kerak emas.

- Murabbiylikka qadam qo'ygan 1979 yildagi futbol haqida gaplashdik. O'tgan 39 yil ichida futbol va murabbiylik rivojlanib ketdi. Bugunga kelib futbolda statistika juda muhim rol o'ynamoqda. Siz bu progressni qanday baholaysiz?
- Futbolchilarni malumotlar bilan haddan tashqari toliqtirib qo'yish kerak emas. Oltin o'rtaliqni topish kerak. Statistika yaxshi. CHunki biz bu murabbiylarga tayyor "shpargalka" beradi. Bu murabbiylik ishining bir qismi. Men o'zimni bu malumotlardan foydalanish uchun qari deb hisoblamayman.  Boshqa tarafdan olib qaraganda, menda etarlicha tajriba mavjud va bu tajriba menga kim maydonda qanday ishlaganini baholash uchun etarli. Umuman olganda, meni kuzatuvim bilan statistika taqdim etadigan malumotlar ko'pincha to'g'ri keladi.

- Video-tahlilga qanday munosabat bildirasiz?
- O'ylashimcha, bu o'yinni tahlili qilish va raqibni o'rganish uchun muhim omil. Biz tahlilchilarimiz bilan raqibning o'yinlari yozilgan videolarni yig'amiz. SHu orqali ularni kuchli va kusiz taraflarini o'rganib chiqamiz.  SHuningdek, bu o'tgan uchrashuvlardagi futbolchilarning tanqidiy harakatlari yoki maqtovli so'zlarimni aniqlab olishda ham ko'makchi. Bu narsa murabbiylik ishimda kerak bo'ladi. Video-tahlil murabbiylar ishini biroz bo'lsada engillashtiradi. Eng muhimi, bu kabi narsalar mashg'ulotlarda ham faol ishlatilmoqda.

- Sizni "Bavariya"ga qaytishingiz ko'plab futbolchilarga yanada kuchliroq bo'lishlari uchun yordam berdi. Masalan, Kingsli Koman aytdiki, siz unga jarima maydonchasiga to'pni oshirayotgan paytda boshini tik tutishini maslahat beribsiz.
- Bu hammasi meni shaxsiy tajribam mevasi. Men ham o'z vaqtida Xennes Vaysvayler bilan ishlaganimda shunga o'xshash holatlarga duch kelganman. Xennes fantastik murabbiy bo'lgan. U har bir etibordan chetda qolishi mumkin bo'lgan kichik detallarga etibor qaratardi. Mashg'ulotlar paytida yoki undan keyin alohida futbolchilar bilan ishlar, zarba yoki bosh bilan qanday o'ynash kerakligi borasida o'z maslahatlarini ayamasdi. Men ham "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchilari bilan shunday qilaman. Futbolchi avvalo to'p bilan to'g'ri muomalada bo'lishi kerak. Buning uchun esa mashg'ulotlarda aniq dasturlar bo'yicha shug'ullanish lozim. Misol uchun tennischilar katta turnirlarga tayyorgarlik jarayonida 500dan ortiq podacha va zarbalar ustida ishlashadi. Futbolda ko'p narsani o'rganish lozim: pozicion o'yin, to'p uzatmalar, hujumdagi kombinaciyalar, jarima maydonchasi ichiga to'p oshirish, kerakli paytda raqib darvozasi oldida paydo bo'lish va hokazo. Bu haqida kichik bir voqeani aytib berishim mumkin.

- Iltimos, aytib bersangiz.
- Simon Rolfes "Bayer"da menga to'satdan shunday degandi: "Siz meni eng yaxshi murabbiyim bo'lgansiz. CHunki siz bizni to'g'ri yo'lga boshladiz, to'pni to'g'ri yoki noto'g'ri qabul qilayotganimiz, kerak paytda to'pni qanday oshirish kerakligini batafsil tushuntirgansiz". Xatolarini ko'rsatish va ularni to'g'rilash murabbiylikning haqiqiy sanati.

- Ayniqsa bu pas oshirish yoki pozicion o'yinga taaluqli. Gvardiola jamoasini qanday pas o'ynashiga alohida etibor qaratardi. Anchelotti esa aksincha, futbolchilarga hujumda ko'proq erkinlik yaratardi. Sizning metodingiz, yani uslubingiz o'rtaliqmi?
- Pozicion o'yin paytida har bir futbolchi o'zidan talab qilinayotgan vazifani bilishi kerak. Bugungi kun futbolida futbolchining maydon bo'ylab qanday harakatlanayotganiga qarab darajasini aniqlash mumkin. 2013 yili biz trebl qayd etgandik. Sababi, pozicion o'yin bilan chaqmoqli hujumlarni qaysi payt boshlashni aniq belgilab olgandik. Kerakli paytda esa to'pni orqa zonaga berib, o'yin tempini tushirishni ham bilish kerak. Muhimi, hamma narsani kerakli vaqtda bajarishga bog'liq. Aslida sodda va oddiy narsalar eng ko'p samara keltiradi.

- "Bavariya"ga qaytganingizdan keyin jamoa 20 uchrashuvdan 19tasida g'alaba qozondi. Sizni esa mo'jizaviy murabbiy deb atashmoqda. bu tarifni qanday qabul qilasiz?
- Bizning muvaffaqiyat sirimiz juda oddiy. Birinchidan, "Bavariya" buyuk klub. Ikkinchidan, bizda juda ko'p mahoratli va kuchli futbolchilar bor. Murabbiylar shtabi yuksak darajadagi mutaxassislardan tashkil topgan. Klubdagi barcha personallar ideal tarzda ishlashadi. Hozirgi natijalarda barchaning xizmati bor. Meni bir o'zim hech narsaga davo qilmayman. Menda katta tajriba bor va men barchasiga real ko'z bilan qarayman. Futbolda ko'tarilish, pastliklar, mag'lubiyat va g'alabalar bo'ladi. Men jamoani qo'lga olishimdan oldin muvaffaqiyat qozonishimga ishonchim komil edi. CHunki futbolchilarni, jamoani, murabbiylarni juda yaxshi bilaman. SHuningdek, o'zimni ish uslubimdan to'liq foydalana olishimga ko'zim etgandi. SHu uchun ham bu erga qaytdim. Lekin biz hali hech bir maqsadimizga erishganimiz yo'q.

- Aniq maqsadlar nimalardan iborat?
- Germaniya chempionligini hali rasmiylashtirmadik. Germaniya kubogida ham muvaffaqiyat qozonishni rejalashtirganmiz. Evropa chempionlar ligasi sovrinini ham muxlislar sog'inib qolishgan. Bu sovrinni Myunxenga qaytarish uchun kurashamiz. Lekin bu yo'lda bizga oson bo'lmaydi. CHunki raqobatchilarimiz ko'p va ularning barchasi transfer bozorida top darajadagi xaridlarni amalga oshirishgan.

- Sizning sobiq jamoangiz "Real" ketma-ket ikki bor Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Lekin joriy mavsumda "Real"da katta pasayish kuzatilmoqda. Bu vaziyatga qanday baho berasiz?
- Futbolda barchaning o'z davri bo'ladi. Yaqindagina "Real" barcha musobaqalarni yutib kelayotgandi. Bungacha esa "Barselona" davri bo'ldi. Undan oldin esa "Bavariya". Bugun esa barcha Angliya chempionatini dunyodagi eng zo'r liga deb atamoqda. Balki haqiqatdan ham shundaydir. Endi Angliya jamoalari buni ECHLdagi ishtiroklari bilan isbotlashlari kerak.

- "Real"ning inqiroziga qaytsak.
- Menimcha, "Real"dagi pasayish bu normal holat. Bungacha jamoa ECHLda hamda Ispaniya chempionatida g'olib bo'ldi. Bundan tashqari jamoa yozda uch nafar etakchi futbolchilarini qo'yib yubordi. Transfer bozorida ularni o'rniga futbolchi xarid qilmadi va ketganlarni o'rnini yoshlar bilan to'ldirmoqchi bo'ldi. "Real" yoshlar va tajribali futbolchilarni uyg'unlashtira olishlari lozim. Har qanday holatda ham "Real"ni ECHLda nazardan chetda qoldirish yaramaydi. Evropada hali "Real"ni hisobdan chiqarishga erta. PSJdan ko'ra "Real"da tajriba ko'p. PSJga nisbatan anchagina ko'p. Meni o'ylashimcha, bu to'qnashuvda "Real" g'olib bo'ladi. CHunki evrokuboklar uchun madridliklarda yaxshi jamoa mavjud. SHuni eslatib o'tishni istardim, 1998 yili "Real" 32 yillik tanaffusdan keyin Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lganida La Ligada atiga 4-pog'onani band etgandi. O'zimni tajribamdan kelib chiqib aytaman, "Real"ni hisobdan chiqarib bo'lmaydi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика