So’nggi yangiliklar

20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  1 20:00Суперлига. "Насаф" – "Андижон" 0:1 (матнли трансляция)  17 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  1 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  5 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  8 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  7 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  4 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  1 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  6 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3

Tata Martinoning 100 kuni 10 ta raqamda Yangiliklar

Tata Martinoning 100 kuni 10 ta raqamda

SHanba kuni Tata Martino Barselona bosh murabbiyi bo'lganiga 100 kun bo'ldi. Uning ushbu kunlar davomida qilgan ishlarini etiboringizga 10 ta raqamda havola etamiz.
153. Bu raqam sekundni bildiradi, yani Martino Barsasining birinchi rasmiy goli urilgan vaqt. Bu golni Aleksis Sanches Tataning La Ligadagi debyut uchrashuvida Levantega (7:0) qarshi o'yinning 3-daqiqasida urgan.

1. Bu raqam argentinalik mutaxassisning ko'k-anorranglilar bilan erishgan ilk kubokini bildiradi. Bundan ortiq bo'lishini hali imkoni ham yo'qda, chunki u xozircha faqat Ispaniya Superkubokida o'ynadi. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki ayni paytda La Liga va CHempionlar Ligasida guruh etakchisi.

0. Xech qanday mag'lubiyat yo'q. Yangi murabbiy ko'k-anorranglilar bilan birgalikda 17 ta rasmiy uchrashuvda 13 ta g'alaba va 4 ta durang erishgan.

41. Aynan shu 17 ta o'yinda Barselonaning urgan gollari. Har bir o'yinga o'rtacha 2.4 goldan to'g'ri kelmoqda.

10. Bu raqam Barselonaning quruq o'yinlari. Quyidagi raqiblar Barsaga gol urolmagan: Atletiko (Superkubok javob uchrashuvi), Ayaks va Seltik (CHempionlar Ligasi), shuningdek La Ligada Levante, Malaga, Rayo, Almeriya, Osasuna, Selta va Espanol.

21. Bu raqam Tata Martinoning ushbu mavsumda maydonga tushurgan o'yinchilari sonini bildiradi. Pinto, Oyer, Kuenka va jarohatlangan Afellaylar jamoa uchrashuvlarida umuman maydonga tushmagan.

17. Viktor Valdesning bu mavsumda o'tkazgan o'yinlari soni. Viktor Martino bosh murabbiy bo'lganidan beri jamoaning barcha o'yinlarda qatnashgan va barcha o'yinlarda asosiyda maydonga tushgan  yagona o'yinchidir.

1331. Bu Jerard Pikening maydonda harakat daqiqasi. Himoyachi maydonda Tata Martinoning eng ko'p ishlatayotgan o'yinchisi hisoblanadi. Pike bu mavsumda 17 o'yinning 15 tasini asosiy tarkibda boshlagan.   

11. Messi, Pike, Pedro, Aleksis, Xavi, Neymar, Sesk, Alvesh, Bartra, Buskets va Adriano - bular jamoaning bu mavsumdagi to'purarlari.

37. Bu Tata Martino o'tkazgan va jurnalistlar savollariga javob bergan matbuot  anjumanlari soni. Birinchi matbuot  anjumani 26 iyulda uni tanishtiruv marosimida bo'lib o'tgan bo'lsa, oxirgisi shanba kuni Espanol bilan o'yindan keyin bo'lib o'tgan. Murabbiy faqat bitta matbuot  anjumanini otasi vafot etganligi sababli o'tkazib yuborgan.

Javlonbek Yusupov tayyorladi 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика