Taslim bo'lma Siroj!
04 apr 2017 14:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/247431_original.jpg)
![](/upload/storage/247431_220.jpg)
Taslim bo'lma Siroj!
"Lokomotiv"ga qarshi bahsda oyog'idan juda jiddiy jarohat olgan Sayfiev faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgandi. Afsuski ayni paytga kelib Sirojiddin og'ir hastalikka chalingan. Sobiq futbolchiga dalda bo'lish maqsadida saytimiz #TaslimBo'lmaSiroj akciyasini o'tkazadi.
Hozirdanoq "Buxoro" va "Lokomotiv" klublari ushbu akciyada ishtirok etishlarini malum qilishdi. OCHL guruh bosqichi doirasidagi "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvi chiptalari sotuvidan tushgan barcha pullar Sirojiddin Sayfievga yordam uchun taqdim etiladigan bo'ldi.
"Barselona" himoyachisi Erik Abidalni eslaysizlarmi? Franciyalik futbolchi ham og'ir hastalikka chalinganida butun dunyo uni qo'llab-quvvatlagandi. Natijada Abidal kasallikni enga oldi.
Tez kunda Samarqand va Toshkentda bo'lib o'tadigan tadbir haqida xabar beramiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar