Tashkilotchilarning qo'pol xatosi sabab Franciya – Albaniya uchrashuvi biroz kech boshlandi
08 sen 2019 00:25
Yangiliklar
Tashkilotchilarning qo'pol xatosi sabab Franciya – Albaniya uchrashuvi biroz kech boshlandi
Ayni daqiqalarda, Evro-2020ning saralashidan o'rin olgan Franciya – Albaniya bahsi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu o'yin boshlanishidan oldin stadion suhandoni mehmon jamoa azolarini Armaniston deb tanishtirdi. Keyin esa tashkilotchilar Albaniya davlat madhiyasining o'rniga Andorranikini qo'yib yuborishdi. Musiqa yangrab bo'lganidan so'ng, kerakli ohang topilib, madhiya yana boshidan yangradi. SHu bois, uchrashuv 7 daqiqaga kech boshlandi.
Fikrlar