So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

Tashakkurnoma yoxud taqdirlash marosimi G'uzorda davom etdi Yangiliklar

Tashakkurnoma yoxud taqdirlash marosimi G'uzorda davom etdi

Xabaringiz bor, 12 mart kuni O'zPFLning “2021 yilgi mavsumda o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ga asosan, mavsum boshlanishidan oldin ananaga sodiq qolgan holda Superliga qatorida, PRO-Liganing ham 2021 yilgi mavsumi uchun qura tashlash marosimi o'tkazildi.

Marosimda PRO-Liga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda klub rahbarlari ishtirok etishdi. Anjumanni sport va futbol sharhlovchisi Davron Fayziev hamda Xayrullo Hamidovlar olib borishdi. Dastlab, PRO-Liganing 2020 yilgi mavsumi davomida erishilgan yutuq va kamchiliklari eslab o'tildi. Turli yo'nalishda   to'rtta futbol klublari taqdirlanishdi. Ushbu to'rtlik ichida “SHo'rtan” PFK ham borligi quvonarli hol, albatta. O'zPFLning bosh direktori v.b Diyor Imomxo'jaev hamda O'zreport bosh direktori Ravshan Jo'raevlar, “SHo'rtan” futbol klubi bosh menedjeri SHamil Yarulinni “Maxsus sovrin” bilan taqdirlashdi.


PRO-Liga mavsumiga oz fursat qolganligi uchun “SHo'rtan” futbol klubining rahbari marosimda ishtirok etolmadi. SHunga ko'ra, joriy yilning 16 mart kuni G'uzordagi “SHo'rtan” PFK Akademiya binosiga “Oq bo'rilar” jamoasining rahbari SHamil Yarulinni  qo'lga kiritilgan mukofotini qutlash uchun Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komil Xalmatov va G'uzor tumani sport bo'limi boshlig'i Ural Abdurasulovlar tadbirga tashrif buyurishdi. Anjumanda “SHo'rtan” jamoasi rahbarlari, futbolchilari, murabiylar va klub xodimlari ishtrok etishdi.

“SHo'rtan” futbol klubi bosh menedjeri SHamil Yarulin hammaga o'z minnatdorchiligini bildirib, sovrin faqatgina meniki emas, bu etirofda sizning ham hissalaringiz katta dedi. SHu jumladan, O'FA, O'zPFL va “SHo'rtan” futbol klubining ishchi-xodimlari, rahbarlarini ham takidlab, o'z tashakkurini aytdi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика