So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  2 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Oliy Liga
Paxtakorga qarshi 9-tur uchrashuvida raqibi yuziga haddan tashqari kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan Navbahor himoyachisi Yuriy Rijko 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

O'zbekiston Kubogi

Nasafga qarshi nimchorak final dastlabki uchrshauvida o'yin to'xtatilgan vaqtda raqibi yuziga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan Andijon yarim himoyachisi Ibrohim Otaxonov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Xotira-79ga qarshi nimchorak final dastlabki uchrashuvida raqib jamoa murabbiyiga qarata stadionda tartibsizliklar keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan ishora qilgani uchun maydondan chetlatilgan Oqtepa murabbiyi Anatoliy Kurlaev 4ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Oqtepaga qarshi nimchorak final dastlabki uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchnu maydondan chetlatilgan Xotira-79 jamoasi boshlig'i Ilhom Otavaliev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Olmaliqga qarshi nimchorak final javob uchrashuvida raqibi oyog'iga haddan tashqari kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan Qizilqum yarim himoyachisi Samandar SHodmonov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Istiqlolga qarshi nimchorak final javob uchrashuvida o'yin to'xtatilganidan so'ng raqibiga qo'l bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan Navbahor darvozaboni Xurshid Xo'jaev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Birinchi Liga
SHerdorga qarshi birinchi bosqich 8-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan G'ijduvon yarim himoyachisi Fayoz Ergashev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

SHerdorga qarshi birinchi bosqich 9-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan Registon yarim himoyachisi Olim Ergashev 4ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Xotira-79ga qarshi birinchi bosqich 9-tur uchrashuvida o'yin qoidalarini jiddiy ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan CHust-Paxtakor himoyachisi Ilmitdin Mamatboqiev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Paxtakor-2ga qarshi birinchi bosqich 9-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan Obod darvozaboni Bekzod Omonullaev 3ta uchrashuvga diskvalifiakaciya qilindi.

SHo'rtanga qarshi birinchi bosqich 9-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan SHerdor himoyachisi Ozod Tursunov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика