Tartib intizom qo'mitasi Nivaldo va Mirzaevni ham jazoladi
07 apr 2018 23:13
Yangiliklar
Tartib intizom qo'mitasi Nivaldo va Mirzaevni ham jazoladi
O'yinda “Lokomotiv” futbolchilari Nivaldo hamda Sardor Mirzaevning hatti- harakatlari o'rganib chiqildi va qaror qabul qildi. Bunga ko'ra, ”Lokomotiv” o'yinchisi Nivaldoga nisbatan Intizom kodeksining 5, 45 bandining “m” qismiga binoan 5 o'yinga diskvalifikaciya qilish hamda 25 million so'm miqdorida jarima intizom chorasi qo'llanildi. “Lokomotiv” o'yinchisi Sardor Mirzaevga nisbatanesa Intizom kodeksining 5.56 bandiga muvofiq 10 million so'm miqdorida jarima intizom chorasi qo'llanildi.
SHuni qayd etish joizki, keskin qaror qabul qilishdan ko'zlangan maqsad tashkilot foydasiga moddiy manfaat ko'rish emas, balki futbolning tomoshabopligini oshirish, muxlislarning stadionlarga tashrifi davomida futbolchi yohud murabbiylarning noxulqiy xatti-harakatlarini tomosha qilish emas, balki chinakam futbol spektakliga guvoh bo'lib, madaniy dam olishlarini taminlashdan iborat.
Fikrlar