So’nggi yangiliklar

13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  5 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  6 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  2 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  7 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  3 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  10 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  11 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  14

Tartib-intizom qo'mitasi davo arizalarining muddatini jiddiy nazorat qiladi Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasi davo arizalarining muddatini jiddiy nazorat qiladi

O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasida rahbariyat alishgach, bir qator futbolchi hamda murabbiylar tomonidan klublar ustidan shikoyat arizalari kelib tushdi.

Ularning ishi Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan atroflicha o'rganib chiqilib, qarzdor klublarga jazolar belgilandi va shu yo'l orqali futbolchilar, murabbiylar haq-huquqlari himoya etildi.

Endilikda Professional futbol ligasi biror klub yilni qarzdorlik bilan yopishiga yo'l qo'ymaydi. 18 iyun kuni transfer oynasi ochilgan bo'lsa, klublar bilan hamkorligini to'xtatayotgan har qanday futbolchi va murabbiyga PFL Sport bo'limi vakillari alohida murojaat qilyapti, ularning shikoyatlari bor yoki yo'qligi masalasida suhbat olib bormoqda. Yani, klubidan norizo bo'lib ketayotgan futbolchi yoki murabbiylar bor bo'lsa, o'sha klubga o'zining keyingi operaciyalarini amalga oshirish uchun imkoniyat berilmayapti. Bu poziciyada endilikda qatiy turiladi.

Davo muddati 2 yil

Aynan 2018 yilgi yozgi transfer oynasidan boshlab PFL ham shikoyat arizalari tartibini barchaga eslatib o'tishni lozim deb biladi. Reglamentning 24-bo'lim 5-bandida har qanday shikoyat arizalari bo'lib o'tgan bahsli holatga 2 yil to'lmagani holatidagina ko'rib chiqilishi belgilab qo'yilgan. Demak, klublar, futbolchilar, murabbiylar bahsli vaziyat yuzasidan shikoyat arizasini maksimum 2 yil ichida yozishi kerak bo'ladi. Bundan kelib chiqadiki, 2016 yilning iyun oyigacha bo'lib o'tgan ishlarni ko'rib chiqish masalasini O'FA hamda PFL o'z bo'yniga olmaydi.

To'g'ri, O'zbekiston Respublika Fuqarolik kodeksining 150-moddasida umumiy davo muddati 3 yil deb ko'rsatib o'tilgan. Biroq, O'zbekiston futbol associaciyasi bu kabi masalalarni Xalqaro futbol uyushmasining talabi asosida ishlab chiqadi, yani, FIFA nizomlariga bo'ysunadi.

FIFAning “Futbolchilarning o'tishi va maqomi” to'g'risidagi reglamenti 25-bo'lim 5-bandida shunday deb yozilgan: “Futbolchilar maqomi bo'yicha qo'mita, Bahsli vaziyatlarni (mojarolar) hal qilish bo'yicha palata, shuningdek, Yakka tartibdagi sud hamda Mojarolarni hal qilish bo'yicha palata sudi o'z vakolatiga kiruvchi har qanday ishni u sodir bo'lganiga ikki yil to'lgach, ko'rib chiqmaydi. Ikki yil muddatgacha berilgan davo arizalari esa individual tarzda o'rganib chiqiladi”.

Muammo o'z vaqtida bartaraf etilishi shart

Bungacha bo'lgan holatda klublarning qarzdorligi bir necha yillardan buyon davom etib kelgani aniqlandi. Oddiy misol, Asror Aliqulov oldida “SHo'rtan” 2012 yildan buyon qarzdor bo'lib kelgan. Aliqulov o'z jamoasi ustidan shikoyat yozishni istamagan, “SHo'rtan” esa andishaning otini qo'rqoq bo'lib, o'zi uchun yillar davomida mehnat qilgan futbolchining pullarini berishni paysalga solib kelavergan. Aslida PFL bunday ishlarni nazorat qilishi kerak edi.

SHu bilan birgalikda, futbolchilar, murabbiylar va klublar ham o'z haqini talab qilishni o'rganishi kerak. Og'zaki vadalar, havodagi gaplar hamma joyda bor. Ularga ishonib, shartnomaga imzo chekishni oqlab bo'lmaydi. 2019 yilgi mavsumdan boshlab PFL barcha uchun bir turdagi shartnomalarni joriy qiladi. Tomonlar shartnoma shartlarini o'zaro kelishib olishi va unga qo'shimcha bandlar kiritishi mumkin. Biroq undagi masalalar tartibli bo'lishi shart. Yo'qsa, o'z ishini yaxshi bilmaydigan kishilar tomonidan shu qadar kulguli shartnomalar tuzilganki, ularning echimini topish ham anchagina mushkul. Endilikda bu kabi ishlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi.

Bundan-buyon 2018 yildan qarzdorligi qolib ketayotgan futbolchilar va murabbiylar, 2019 yilgi mavsum uchun imzo chekmaydi. Ko'tarma pullar masalasi esa PFL tomonidan o'rganib chiqilmoqda. Yaqin orada bunday pullar futbolchini etishtirib bergan murabbiy hamda maktablar uchun sarf etilishi borasida qaror chiqishi katta ehtimol. Na futbolchi, na murabbiy va na biror-bir rahbar hali ko'rsatilmagan natijasi uchun tayyor pul olmaydi. Oylik, mukofot pullari masalasida klublar va futbolchilar o'zaro kelishib olishi mumkin. Zero yutuq uchun beriladigan mukofotni to'g'ri tushunsa bo'ladi. Yil boshida yuz millionlab pulni o'zlashtirib oladigan futbolchidan esa yana qandaydir motivaciya kutish mantiqsiz. O'z navbatida har qanday mukofotda ham meyor bo'lishi lozim. Klublar qachonki xususiy bo'lsa, pulni o'zi istaganicha sarf etaverishi mumkin. O'FA va PFL o'sha meyorni ham ko'rsatib beradi.

SHikoyat qanday tartibda bo'ladi?

Futbolchilar, murabbiylar yoki klubning boshqa ishchi-xodimlari biror muammo yoki mojaro yuzasidan O'FAning Futbolchilarning o'tishi va maqomi bo'yicha qo'mitaga murojaat qilishi mumkin. Agar mavjud masala bo'yicha chiqarilgan qarordan norozilik yuzaga kelsa, davogar O'FAning Apellyaciya qo'mitasiga murojaat bilan chiqadi. Ish shu zaylda FIFAga qadar etib borishi ham mumkin. O'z navbatida FIFA ham bu kabi ishlar albatta Sport arbitraj sudlari orqali hal etilishini talab qiladi. Yani, futbol ishiga boshqa organlar aralashmasligi uchun harakat qiladi.

O'FA O'zbekiston ichki chempionatida yuz berayotgan muammolar FIFAga qadar etib borishidan manfaatdor emas. Bu tashkilot imidjiga tasir ko'rsatmay qolmaydi. Malumki, bir qator klublar legionerlar bilan ishlash tartibini bilmagan va ish FIFAga qadar etib borgan. Endilikda legioner futbolchilar bilan shartnoma tuzish tartibi masalasi ham o'rganib chiqilmoqda. Yani, klublar avval akademiyasini quradi, keyin maydonini tartibga keltiradi va undan keyingina legionerga bo'yin cho'zadi. O'zining moliyaviy manbalari va normal infratuzilmasiga ega bo'lmagan klubning quruq savlati mamlakat futbolini rivojlantirib qo'ymaydi. Ayni vaqtda hukumat futbolni qo'llayotganidan kelib chiqib, biz futbol akademiyalari va umuman infratuzilmani sifatli ko'rinishga keltirib olishimiz shart. Xorijdan kelayotgan va aslida mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo'lmagan legioner uchun sarf etilayotgan pullar esa shunchaki havoga uchayotgandek taassurot uyg'otmasligi shart.

Diqqat

Futbolchilar, murabbiylar yoki klublar ichki ishlar organlari, sudlar yoki prokuraturaga murojaat qilgan taqdirida, O'FA ortiq bu ish bilan shug'ullanmaydi. CHunki yuqoridagi organlar maqomi jihatdan O'FAdan yuqori turadi. Demak, ish mana shu organlarda ochilsa, faqatgina ularda yopiladi. Buni faoliyatini futbol bilan bog'lagan har qanday shaxs bilishi shart.

O'z navbatida O'FA ham o'z vakolati doirasiga kirmaydigan ishlar masalasini aynan yuqoridagi organlar hukmiga havola etadi. “Iftixor” klubi futbolchilari bilan bo'lgan masala bunga yorqin misol bo'lishi mumkin.

Yuqoridagilarni to'g'ri tushunishingizdan umidvormiz. O'zbekiston futbol associaciyasi mazkur soha vakillarining futboldagi huquq va erkinliklari paymol etilishiga yo'l qo'ymaydi. SHu bilan birgalikda futbol ichidagi har qanday masalani nazorat qiladi. Bundan buyon har qanday klub va uning rahbari o'zi bilgani bo'yicha ish ko'ra olmaydi. Har qanday qaror va harakat avvalo klub, shu orqali mamlakat futboli rivoji uchun xizmat qilishi shart.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика