So’nggi yangiliklar

12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  0 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  0 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  4 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  5 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  11 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  6 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  5 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3

Tarixiy Olimpiada, "Lans"dagi olov Abduqodir, "Nasaf" va "Andijon"ga atalgan mavsum - 2024 yil o'zbek futbolida yana qanday voqealar yuz berdi? Yangiliklar

Tarixiy Olimpiada, "Lans"dagi olov Abduqodir, "Nasaf" va "Andijon"ga atalgan mavsum - 2024 yil o'zbek futbolida yana qanday voqealar yuz berdi?

Bugun 31 dekabr, 2024 yilning so'nggi kuni. Yil qanday o'tmasin, qanday voqealar ro'y bermasin doim undan yaxshilik qidirib qolaveramiz.

O'zbek futboli uchun esa bir qancha yodda qolarli, zavqli onlarga boy mavsum bo'ldi deyishga asoslarimiz etarli. Quyida birma bir eslaymiz. 

Tarixiy Olimpiada eshiklari ochildi 

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 1996 yildan buyon to shu kungacha har to'rt yillikning nufuzli musobaqasi Olimpiadada ishtirok etish uchun bir necha bor urinib ko'rgan. Lekin bu nasib qilmagandi. 2024 yilda Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz Qatardagi U-23 Osiyo kubogida finalgacha etib bordi va Parijdagi olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Buning uchun ular uzoq yo'lni birgalikda bosib o'tdi. Mazkur yo'lni boshida Ahmadjon Musaev, Dilshod Nuraliev, Otabek G'ulomxo'jaev, Timur Kapadze kabi murabbiylar, futbolchilarni etishtirib bergan mutaxassislar o'z hissalarini qo'shishdi. 


Futzal bo'yicha Jahon chempionati O'zbekistonda o'tkazildi

So'nggi yillarda OFK musobaqalarini o'zida qabul qilayotgan O'zbekiston endilikda FIFAning futzal bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik vazifasini o'tadi. Mazkur mundial yurtimizning Toshkent, Buxoro, Andijon shaharlariga ishonib topshirildi. Garchi Xose Venansio Lopes boshchiligidagi terma jamoamiz muvaffaqiyatsiz qatnashgan bo'lsada, muxlislar Braziliya, Qozog'iston, Argentina kabi jamoalarning ajoyib o'yinlaridan bahramand bo'lishdi. Finalda Braziliya Argentina ustidan 2:1 hisobidagi g'alabaga erishdi va futzalda tengsizligini isbotladi. 


 "Nasaf" nihoyat O'zbekiston chempioni

Qarshining "Nasaf" jamoasi bu yil o'z tarixida ilk bor chempionlikni rasmiylashtirdi. "Ajdarlar" bunga qadar Superligada kumush, bronza medallariga ega chiqqan, O'zbekiston kubogi, Superkubogida, OFK kubogini boshi uzra baland ko'targandi. Sovrinlarning cho'qqisiga esa chempionlik etishmayotgandi. SHu bilan birga Ro'ziqul Berdiev shogirdlari Toshkent klublarining gegemonligiga barham berishdi. Mutaxassis esa faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazdi desak mubolag'a bo'lmaydi. CHempionlik uchun OCHL va kubok qurbon qilindi. Ahir bir narsaga erishish uchun bir narsadan voz kechish kerak! Aytgancha, bu mavsumda Superliga ("Nasaf"), Pro liga ("Mashal"), Birinchi ligada ("Nasaf-Farm") Qashqadaryo jamoalari g'oliblik shoxsupasiga ko'tarildi. 


"Andijon" O'zbekiston kubogi g'olibi 

O'zbekiston kubogi bahslari joriy yilda shiddatli, murosasiz, kutilmagan natijalarga boy o'tgani bilan yodda qoldi. Xususan, vodiyning ikki jamoasi "Andijon" va "Navbahor" kuchli jamoalarni ortda qoldirgan holda O'zbekiston kubogi finaligacha etib keldi. Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida dramatik kechgan finalda "burgutlar" o'z tarixida birinchi marotaba ushbu turnirda g'olib sifatida maydonni tark etdi.  "Burgutlar" 2025 yilda OCHL-2 musobaqasida ishtirok etadi. 


Jahonni o'ziga qaratgan Abduqodir Husanov

Bu yil O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari orasida eng katta o'sish Abduqodir Husanovda bo'ldi deb baralla ayta olamiz. Top-5 chempionatlaridan biri hisoblangan Franciyaning "Lans" klubida yo'qolib qolmagan vakilimiz tezda o'zini ko'rsatishga kirishdi. U nafaqat jamoasining asosiy futbolchisi, balki muxlislarning ham yoqimtoy o'yinchisiga aylanib ulgurdi. Endilikda esa uni qo'lga kiritish istagidagi jamoalar kundan-kunga ko'paymoqda. Jumladan, o'yinchini "Nyukasl Yunayted", "Lester Siti", "Manchester Siti", "Tottenxem", shuningdek Germaniyaning "Red Bull Leypcig" klubi kuzatmoqda. Biz esa unga omad tilaymiz.


Abbosbek Fayzullaev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi

So'nggi yillarda OFK tomonidan aniqlanayotgan yilning eng yaxshilarini nominaciyalarida O'zbekiston nomi ko'p tilga olinmoqda. Xususan, 2024 yilda qitaning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga CSKA klubi va O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev loyiq ko'rildi. So'nggi bor 2015 yilda Dostonbek Hamdamov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida qayd etilgan edi. "Armiyachilar" safida har bir o'yinda faol harakat qilayotgan, terma jamoa tarkibida muhim golni urgan Fayzullaev haqiqatdan ham bu sovringa munosib edi. 


Ilgiz Tantashev Olimpiadada ishladi

2012 yil men oddiy muxlis sifatida Ravshan Ermatovning London-2012 Olimpiadasida ishtirok etganiga guvoh bo'lganman. Bundan keyin ham qachondir yana o'zbekistonlik referi shunday katta musobaqada ishlarmikan degan hayol o'tgan. Oradan 12 yil o'tib yana hamyurtlarimizdan biri Ilgiz Tantashev Olimpiadadan chaqiruv oldi. O'zbekistonlik hakam musobaqada Franciya - Gvineya, Paragvay - Mali, Franciya - Argentina, Marokash - Ispaniya uchrashuvlarini boshqardi. 


"Metallurg" endi Superligada yo'q 

Bekobodning "Metallurg" jamoasi garchi sport principlariga ko'ra va o'z kuchi bilan Superligada qolish vazifasini bajarganiga qaramay rahbariyat jamoani elitada ishtirok etmasligini bildirdi. Jamoa yil davomida oxirgi o'rinlarda yurganiga qaramay so'nggi pallada iroda ko'rsatgan holda o'rnini saqlab qolgandi. Ammo har doim ham inson istagan narsa bo'lavermaydi. Asosiy jamoaning ketidan akademiya ham tugatilishi haqida xabar chiqqandi. Ammo bu malumot inkor qilindi. "Metallurg" 1998 yildan buyon muntazam Superligada ishtirok etib kelayotgan edi.

Hakamlar yo'qolib qoldi

Mavsum o'rtasidan so'ng nima uchundir bir nechta taniqli hakamlar, nomdor referilar yo'qolib qoldi. O'zFHM esa Aziz Asimov hakamlik faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Lekin qolganlar bo'yicha biron malumot yo'q. Deylik, Rahimbek Karimov, Firdavs Norsafarov, Akobirxo'ja SHukurullaev va hokazo. Ularning ayrimlari xalqaro maydonda faoliyatini davom ettirdi. O'yinlarga tayinlovlar oldi. 


O'zbekiston futzal federaciyasi tashkil etildi

Aslida bunday tashkilot bizda avvaldan bo'lib kelgan. Lekin so'nggi yillarda futzal O'FA tarkibiga kiritildi. Endilikda ushbu sport turi mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Unga Bekzod Mamatqulov rahbarlik qiladi. Yaqinda tashkil qilingan anjuman, konferenciyada bu haqida batafsil malumot berildi. 


Yangi yilingiz bilan!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика