So’nggi yangiliklar

21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  7 20:19Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум" (онлайн ҳисоб)  21 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  5 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  21

Tarixiy o'yin: Angliya – O'zbekiston FOTO + VIDEO Yangiliklar

Tarixiy o'yin: Angliya – O'zbekiston FOTO + VIDEO

Ahmad Ubaydullaev boshchilik qilgan yoshlar terma jamoamizni ko'pchilik yaxshi eslaydi.
Saudiya Arabistonidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan yoshlarimiz Misrdagi jahon chempionatida qatnashishgandi. O'shanda yoshlar mundialiga borishdan avval va undan keyin Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayonida Angliyada ikki marta o'quv-yig'in mashg'ulotlari va uchrashuvlar tashkil etilgandi. O'sha o'yinlarga bog'liq maqolalarni yana bir bor o'qib chiqish jarayonida turli qiziqarli faktlarga duch keldik. Uni sizlar bilan baham ko'ramiz.

2009 yilning avgust oyida Angliyada o'tgan yig'inda “Aston Villa”, “CHelsi” va “Fulxem” klublari yoshlar tarkiblariga qarshi nazorat bellashuvlari tashkil etilgan. Bu Avstriya yoki Turkiyaga borib hech kim bilmas jamoalar bilan o'yin o'tkazishdan ko'ra ancha foydaliroq. “CHelsi” bilan Kobxemda bo'lib o'tgan bellashuvda terma jamoamiz 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

O'shanda londonliklar safida Gekxan Tore, Fabio Borini va Jeffri Bruma singari hozirda mashhur futbolchilarga aylangan yoshlar to'p tepishgan. Ayni paytda Tore “Beshiktosh”, Borini “Sanderlend” va Bruma PSV sharafini himoya qilmoqda. “Aston Villa” yoshlar tarkibidan ko'plab yaxshi saviyadagi futbolchilar etishib chiqdi. Ayni paytda taniqli jamoalarda o'ynayotganlar bilan tanishing: Jek Kork (“Sautgempton”), Neyton Delfuneso (“Aston Villa”), Andreas Veyman (“Aston Villa”), Kris Xyord (“Aston Villa”), Neyten Beyker (“Aston Villa”), Kiran Klark (“Aston Villa”) va SHeyn Lovri (“Milluoll”). Bu futbolchilar APL bahslarida ishtirok etib kelishyapti. Veymann esa Avstriya terma jamoasida etakchi ijrochilardan biriga aylanib ulgurdi.

“Fulxem”ning yoshlarimizga qarshi maydonga tushgan tarkibini topish imkoniyati bo'lmadi, biroq bu jamoadan ham bir qator yoshlar APLda o'ynayotganiga ishonch bor. Aytgancha, “Fulxem” yoshlariga o'shanda Roy Xojson boshchilik qilgan. Xojson uchrashuvdan keyin Ubaydullaevga futbolchilarimizning jismoniy holati juda yaxshi ekanligi haqida aytib o'tgan. Xojson Angliya terma jamoasi bilan Braziliyadagi jahon chempionatida ishtirok etdi.
Oradan bir yil o'tib, endi Angliya yoshlar terma jamoasi bilan o'rtoqlik bellashuvi o'tkazish uchun yana o'sha yoshlarimiz Buyuk Britaniyaga safar qilishadi. O'shanda jamoalar quyidagi tarkibda harakat qilishgan:
Angliya U21: Filding (Makkarti 77), Uolker, Smolling, Jons (Kelli 46), Mansenn, Xenderson (Kork 46), Roduell (Lansbri 61), Rouz, Kleverli, Starrij (Olbrington 71), Mozes (Uelbek 46).
O'zbekiston U21: Quvvatov, Xolmuhammedov, To'xtaxo'jaev, Ermatov, Xolmurodov, Nagaev (To'raev 25), Ibrohimov, Karimov, Musaev, Valijonov (Hasanov 57), Mamadaliev (Muhammadiev 82), To'raev (SHixov 87).

Rouz va Kelli urgan gollar evaziga mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Angliya yoshlari safida maydonga tushganlardan bugun ancha-munchasi katta futbolda o'z nomini jahonga tanita oldi. Uolker va Rouz “Tottenxem”, Uelbek, Smolling va Jons “Manchester Yunayted”, Xenderson, Kelli va Starrij “Liverpul”, Roduell “Manchester Siti”, Kork “Sautgempton” muvaffaqiyatli o'ynab kelmoqda. Uelbek, Smolling, Jons, Xenderson va Starrij esa kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga borib ulgurishdi. Garchi, inglizlar yoshlar futbolida katta muammoga ega ekanliklari haqida tinmay yozib o'tishsa ham, baribir ularda terma jamoalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik yaqqol ko'zga tashlanadi.

Ayniqsa, yoshlar terma jamoasidan milliy terma jamoaga o'tgan, yuqori saviyada APL klublarida faoliyat olib borayotgan futbolchilarga etibor qaratsak. Evropaning aksariyat mamlakatlarida aynan yoshlar terma jamoasida o'ynagan futbolchilarning aksariyati keyinchalik milliy termaga jalb qilinadi va etakchi klublarda to'p tepishadi. Bizning yoshlardan To'xtaxo'jaev, Nagaev, Musaev va Hasanov terma jamoada o'ynab ulgurishgan, lekin ular orasida To'xtaxo'jaevgina doimiy ravishda chaqiruv oladi. Qolganlar esa bazida taklif etiladi, bazida yo'q. Harqalay, bu avlodning 90 foizi oliy liga klublari asosiy tarkibida maydonga tushib kelishmoqda. Katta futbolda yo'q bo'lib qolishmaganining o'zi quvonishga arziydi. CHunki bazi avlodda tarkibning yarmi tuzukroq futbol o'ynamasdan “g'oyib bo'lgan”. Ubaydullaev shogirdlari orasida Angliya yoshlari bilan maydonga tushganlarning barchasi oliy ligada o'ynab kelyapti. Balki, keyinroq ular orasidan yana kimlardir terma jamoaga jalb etilar.



Terma jamoalar o'rtasidagi bog'liq haqida fikr yuritdik. Germaniyada ham terma jamoaning yanada kuchayishida aynan shu jihat muhim rol o'ynadi. Umid qilamizki, oxirgi yillarda Mirabror Usmonov boshchiligida terma jamoalar saviyasini kuchaytirish uchun olib borilayotgan ishlar o'z samarasini beradi.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика