So’nggi yangiliklar

15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  2 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  3 14:20"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 13:52"Бавария" "Барселона"дан учралган 1:4 дан кейин кетма-кет 7та ўйинда гол ўтказмай ғалаба қозонди  1 13:21Гвардиола: "Ўзимга зиён етказишни хоҳладим"  10 12:50Левандовски: "Ўзим ҳам ишонмагандим"  4 12:11Эшитдик-да! ЎФАга янги раҳбар қачон сайланиши маълум  14 11:34"Насаф" — "Кувайт СК". Жамоалар қайси рангдаги либосларда ўйнашлари маълум  0 11:10ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди  11 11:01"Бавария" қаторасига тўртинчи бор ПСЖни мағлуб этди — барчаси "қуруқ" ғалабалар  2 10:44Флик: "Сельта"га қарши 2:2дан кейин шундай ишончли ғалабага эришганимиз яхши бўлди"  17 10:22"Ман Сити" ярим ҳимоясини "Ньюкасл" вакили билан кучайтирмоқчи  0 10:00ПРО-Лига. 28-тур расмийлари билан танишинг: Муборакдаги баҳсда аёл ҳакам ишлайди!  6 09:31МЮ чап қанот ҳимоясига Раян Аит-Нурини сотиб олмоқчи  0 09:07Маркиньос: "Рақиб дарвозабоннинг ҳаракатларини чеклаб қўйганди"  1

Tarixda shu kun. "Qassob" Nishimura va manzilga etib kelgan Abramov Yangiliklar

Tarixda shu kun. "Qassob" Nishimura va manzilga etib kelgan Abramov

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida safarda Eron bilan to'qnash keladi.

SHu  munosabat bilan forslarga qarshi kechgan bir nechta o'yinlarni yodga olishga qaror qildik. 

JCH–2014 saralash raundining ikkinchi bosqchida Yaponiyani ikkinchi tarkib bilan safarda mag'lub etgan terma jamoamizdan qolgan kuchli jamoalardan ham ochko olishiga umid qilsa bo'lardi. Bunga ishqibozlar astoydil ishonardilar. Ammo, bular bizning hal qiluvchi bosqich oldidan g'alabaga chorlovchi fikrlarimiz edi xolos.

Vadim Abramov shogirdlarini oldinda yana bir jiddiy sinov kutardi. Yakuniy saralash bahslaridan oldin tashlangan qura bizga Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Livan kabi jiddiy raqiblarni taqdim qildi. Mundialga yo'l olish uchun esa kurash yanada qizg'in kechishini taxmin qilish mumkin edi. Ayni paytga kelib terma jamoa azolari yuqori sport formasiga kirib bo'lgan, o'zaro tushunish yaxshi darajaga kelgandi. Qatardagi Osiyo kubogidan so'ng jamoa yanada jipslashdi, shakllandi. Avvalgi bosqichda 2010 yilgi mundial qatnashchisi KXDR ikki bor taslim etilgan, kun chiqar yurt vakillaridan ikki uchrashuvda ham ochko olishga erishilgandi. SHuning uchun birinchi turdan o'rin olgan Eron bilan o'yindan oldin imkoniyatlarimiz balandek ko'rindi.


Ammo, forslar ham portugaliyalik murabbiy Karlos Keyrush qo'l ostida avvalgiga qaraganda bir muncha kuchaygandi. 2012 yil 3 iyul kuni Eron poytaxtimizdagi “Jar” stadionida mehmon bo'ldi. Mazkur bellashuvni boshqarish uchun OFK hakamlar qo'mitasi Yuichi Nishimurani tayinladi. Yaponiyalik referi 2011 yilgi Osiyo Kubogi ochilish o'yinida Qatar - O'zbekiston bahsida ham ishlagandi.

Tarkibimizdagi ayrim etakchi futbolchilar shu kuni bizga yordam bera olishmasdi. Server Jeparov, Sanjar Tursunov, Islom To'xtaxo'jaev, Vagiz Galiulin va SHavkat Mullajonov kabi futbolchilar OFK tomonidan diskvalifikaciya qilingan edi. Sardorlik bog'ichi Odil Ahmedovga ishonib topshirildi.


Dastlabki daqiqalardan boshlab terma jamoamiz ustunlikni qo'liga olishga intildi. Ayniqsa, uchrashuvning birinchi yarmida juda yaxshi o'yin namoyish qilishganini aytib o'tish joiz. Ketma-ket hujumlar uyushtirildi. Gol ursa bo'ladigan vaziyatlar yuzaga keldi. Xatto, yarim himoyachi Odil Ahmedov tomonidan berilgan kuchli zarbadan so'ng to'p raqib darvoza chizig'ini kesib o'tgandi. Biroq, hakam Nishimura va uning yordamchilari haqqoniy golni hisobga olishmadi. SHuningdek, yana bir vaziyatda eronliklar jarima maydonchasi ichida to'pni qo'l bilan o'ynadi. Lekin, hakam 11 metrlik nuqtaga ishora qilish o'rniga noto'g'ri qaror chiqardi.


Durang bilan tugashi kutilayotgan bahsning so'ngi daqiqalarida Stanislav Andreev qanotidan tezlik bilan oldinga o'tgan Eron o'yinchilari to'pni Muhammadrizo Xalatboriga uzatadi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi Nesterov darvozasini ishg'ol qiladi - 0:1. Natija adolatsiz edi. Boz ustiga hakamning hurmacha qiliqlari o'yinga tasirini o'tkazmasdan qolmadi. O'FA rahbarlari shu kuniyoq bosh murabbiy Vadim Abramovni ishdan olishadi. SHoshilinch qaror chiqargan mutasaddilar bo'shab qolgan lavozimga Mirjalol Qosimovni tayinlashadi. Istefodan so'ng ayrim futbolchilar Mirabror Usmonovga Abramovni bo'shatmaslik haqida murojaat qilishadi. Toqati toq bo'lgan mutasaddilar hech nimani inobatga olishmaydi. Aslida Abramovning istefosiga olimpiya terma jamoasi bilan BAAdan uchralgan alamli mag'lubiyat zamin yaratgandi, chunki unda g'alaba yoki durang Olimpiadaga borish uchun etarli bo'lardi. Lekin, 2:0 hisobida oldinda borayotib 2:3 natijasida mag'lub bo'lgandik. Erondan qabul qilib olingan mag'lubiyat esa yakunda barchasiga nuqta qo'yadi.



JCH – 2014 saralash. “A” guruh 1-tur.
03.06.2012. “JAR” stadioni. 9000 tomoshabin.
O'zbekiston – Eron. 0:1
Hakam:
Yuichi Nishimura(Yaponiya)
Gol: Muhammadrizo Xalatbori 90+3
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Islom Inomov, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov, Stanislav Andreev, Temur Kapadze, Aziz Haydarov, Viktor Karpenko (Marat Bikmaev, 52), Jasur Hasanov (Lutfulla To'raev, 68), Jasur Hasanov (Ulug'bek Bakaev, 87), Aleksandr Geynrix.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика