So’nggi yangiliklar

23:45Суперлига. ОКМК – "Сўғдиёна" 2:2  0 23:43Миржалол Қосимов: "Осон голларни ўтказиб ғалабадан маҳрум бўлдик"  0 23:24Холанднинг агенти: "Барселона"? Ҳеч қандай музокаралар бўлмаган"  0 22:46Иван Бошкович: "Миркович - яхши дарвозабон, у мослашув жараёнини бошдан ўтказяпти"  3 22:24ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси эълон қилинди  3 22:00Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади  73 21:27Суперлига. Шиддатли кечган баҳсда ОКМК ва Сўғдиёна ўзаро дуранг ўйнади  6 20:50"Тоттенхэм" АПЛдан тушиб кетиш хавфи туфайли мавсумий чипталарни сотиш муддатини кечиктирди  1 20:23Марко Станоевич: "Бугун чиройли ўйинга мухлислик қиляпман"   2 20:18Грэм Поттер шартномани узайтирди  0 19:55Аргентина Финалиссима "Сантьяго Бернабеу"да ўтказилишини истамаяпти  7 19:28"Боруссия" аъзоси "Манчестер Сити"га қайтмайди  2 18:20"Тоттенхэм" топ-клуб дарвозабонини олиб келмоқчи  3 17:54"Ювентус" таркибини "Манчестер Сити" юлдузи билан кучайтирмоқчи  1 17:27Роналду Европага қайтиши мумкин  14

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni (1:0) Yangiliklar

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni (1:0)

Bundan 16 yil avval O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi-2004 guruh bosqichi doirasida Saudiya Arabistoni vakillarini mag'lub etgan edi.

2004 yil Xitoydagi Osiyo kubogi terma jamoamiz tarixidagi eng ahamiyatli turnir sifatida tilga olinadi. Avvalgi ikkita Osiyo kubogida o'z ishtirokini guruh bosqichidayoq yakunlagan bo'lsa, chin yurtidagi musobaqada esa ilk bor guruhdan chiqish masalasini ijobiy hal qilgandik. Birinchi turda Mirjalol Qosimovning jarima zarbasidan urgan yagona goli evaziga mag'lub etgan vakillarimiz ikkinchi turda juda kuchli bo'lgan Saudiya Arabistoni bilan to'qnash kelishadi. Bilsangiz, bundan oldingi yani Livanda bo'lib o'tgan qita kubogida ham ular bilan yo'llarimiz kesishgan, o'shanda bo'sh harakat qilgan terma jamoamiz 0:5 hisobida engilishgandi. Bir xatoni ikkinchi marotaba takrorlamaslik uchun Ravshan Haydarov o'z shogirdlarini munosib tayyorlagandi. Futbolimiz ham yangi darajaga ko'tarilayotgan, terma jamoamizda xorijlik mutaxassislarning havosi kezib yurardi. 

Takidlash joizki Osiyo kubogida bosh murabbiy Ravshan Haydarovga germaniyalik Yurgen Gyode hamrohlik qilgandi. Saudiyaliklarga qarshi to'g'ri uslub tanlagan va tartibli o'yinni tanlagan terma jamoamiz Aleksandr Geynrixning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g'alabani tantana qiladi. Sashaning goli esa hamyurtlarimizga muddatidan oldin keyingi bosqchi yo'llanmasini taqdim qiladi. 

Osiyo kubogi-2004

O'zbekiston 1-0 Saudiya Arabistoni

Gol: Aleksandr Geynrix, 11.

O'zbekiston: E. Safoov, M. Qosimov (I. Inomov, 64),  A. Fyodorov, A. Aliqulov, N. SHirshov, S. Jeparov, T. Kapadze, A. Akopyanc, A. Geynrix (M. Bikmaev, 78), A. Soliev (I. Zeytullaev, 60), V. SHishelov

Zaxira: A. Polyakov, L. Koshelev, I. Nesterov, SH. Raimqulov, Z. Xolmurodov, I. Magdeev

Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov.







Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика