So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Tarixda shu kun. G'ururini barcha narsadan ustun qo'ygan Zidan yoxud JCH-2006 finali Yangiliklar

Tarixda shu kun. G'ururini barcha narsadan ustun qo'ygan Zidan yoxud JCH-2006 finali

Tarixda shunday finallar bo'ladiki, unda gohida mag'lubiyatga uchragan jamoa yoki futbolchi yakunda g'olib deb topilishi mumkin.

2006 yilgi Germaniya yashil maydonlarida o'tkazilgan Jahon chempionatida Zidan boshchiligidagi Franciya terma jamoasi alamli tarzda engilgan bo'lsada, butun francuz xalqi olqishlar ostida xuddi chempionlardek futbolchilarni kutib olishadi. Xo'sh, bu qanday bo'lishi mumkin deysizmi? Quyida bundan roppa-rosa 16 yil avvalgi bo'lib o'tgan uchrashuv haqida to'xtalamiz.

Finalgacha Italiya ham, Franciya ham u birorta mag'lubiyatga uchramagan holda etib keladi. Umuman olganda ikki terma jamoa ham musobaqada yorqin, hujumkor yoki agressiv o'yin namoyish etgan desak xato bo'ladi. Francuzlar o'z darajalaridan pastda bo'lgan terma jamoalar bilan bir guruhdan joy olgan bo'lsada, qiyinchilik bilan keyingi bosqichga chiqishadi. Raymon Domenek shogirdlari dastlabki ikki turda SHveycariya va Osiyo qitasi vakili Janubiy Koreya bilan durang o'ynaydi. So'nggi turda esa ularni faqat g'alabagina nimchorak finalga olib chiqardi. Togo bilan kechgan uchrashuvda Vieyra va Anrining gollari Franciyaga g'alaba keltiradi va 5 ochko bilan guruhdan chiqish masalasini hal qilishadi. pley-offni ancha ishonchli o'tkazishadi va Ispaniyani 3:1 hisobida engib chorak finalga yo'l olishadi. Bu bosqichda esa Anrining kiritgan yagona to'pi Braziliyani turnirdan chiqarib yuboradi. Yarim finalda esa Deku, Ronaldu, Figu kabi yulduzlarga ega Portugaliyani taslim qilishadi. Zidanning penaltidan urgan goli g'alabani taminlaydi. Marchello Lippi ustozligidagi Italiya o'zining pragmatik o'yini bilan guruhda Gana va CHexiyani mag'lub etadi, AQSH bilan murosa ko'chasini tanlaydi. 1/8 finalda omad chinakamiga Italiyaga kulib boqadi, Tottining 90+5 daqiqada penaltidan urgan goli evaziga g'alaba qozonadi. CHorak finalda Ukraina ortiqcha muammosiz mag'lub etiladi. Yarim final final oldidan bir kichik final edi. Unda mezbon Germaniya yani “nemis mashinasi” Lippining himoyaviy o'yini oldida ojiz qoladi. Qaysidir manoda yana omad Italiyaga yordamga kelgandi. Tengma-teng va murosasiz kechgan bahsning overtaymlari yakunlanishiga bir daqiqa qolganida Fabio Grosso gol urib jamoasini hisobda oldinga olib chiqadi, qo'shib berilgan daqiqada Del Pero gol urib final masalasini hal qiladi.



Hal qiluvchi bahs haqiqiy finalga xos tarzda o'tgandi. Avvaliga Zidan 7-daqiqada Buffon darvozasiga belgilangan penaltini "Panenka uslubi"da amalga oshirib hisobni ochadi - 1:0.

Italiya birinchi bo'limni o'zidayoq o'rtadagi muvozanatni tiklaydi. 19-daqiqada Pirloning burchakdan uzatib bergan to'pini Marko Materacci boshi bilan darvozani aniq nishonga oladi - 1:1.

Qolgan daqiqalarda o'yin teng suratlar ostida kechadi. Italiya o'z uslubida, Franciya o'z uslubida harakat qilishda davom etadi. Finalda ikki terma ham tavakkalga qo'l urishni istamaydi. Zidan, Anri, Riberi kabi futbolchilar har qancha urinmasin raqib himoyasini yorib o'ta olmaydi. Asosiy vaqtda g'olib aniqlanmagach argentinalik bosh hakam Oracio Elisondo jamoalarni qo'shimcha bo'limlarga taklif qiladi. Uchrashuvning eng qizg'in pallasi aynan ekstra-taymlarda yuz beradi. Biz bu haqida Materacci haqidagi maqolamizda alohida to'xtalib o'tgandik. Dastlab Marko Zidanning ko'p bor asabiga o'ynaydi. Bu o'yin davomida bir necha marotaba yuz beradi. Lekin, overtaymlardagi uning Zinedinga ishlatgan provokaciyasi hammasidan o'tib tushadi. Marko dastlab uning kiyimidan ushlab qoladi, o'ziga xos tarzda asabiga tegadi. Oradagi kichik suhbatdan so'ng ortiga qayrilgan Zidan boshi bilan Materaccining ko'kragiga qattiq zarba beradi.



Zizu bu holatni shunday eslaydi: “U mening kiyimimni ushlayverganidan keyin bu ishni to'xtatishini, o'yin tugagach unga futbolkamni sovg'a qilishimni aytdim. U esa onam va singlimni haqorat qildi. Men esa bunga jim qarab tura olmadim”.

Zidan o'z g'ururini barcha narsadan ustun qo'ygani uchun shu ishni qilishga majbur bo'ldi va butun dunyo muxlislarining hurmatiga va etirofiga yana bir karra sazovor bo'ldi. Referi uni darhol maydondan chetlatadi. Ammo, bu uning uchun ahamiyatsiz edi. Bir kishi kam bo'lib qolgan franciyaliklar ruhiy tomondan butkul sinadi va penaltilar seriyasida imkoniyatni boy beradi. O'shanda birgina Trezegening xatosi qimmatga tushgandi. Italiya esa barcha zarbalarni bexato amalga oshiradi. Ushbu final haqida gap ketganda barcha Italiyani yoki Lippini emas Ziddaning mardligini yodga oladi. Ortga kumush medal bilan qaytgan Franciyani Elisey saroyida mamlakat prezidenti Jak SHirakning shaxsan o'zi kutib olgandi. Marosimda SHirak Zidanga alohida minnatdorchilik bildirib, barchaning oldida uni tabriklaydi. Zidan esa hazil tariqasida prezidentning ko'kragiga boshini tekkizadi.

FIFA finaldan so'ng ikkala futbolchini jazolaydi. Zidan 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilinadi va 7,5 ming SHveycariya franki miqdorida jarima to'laydi. Biroq Zizu mundialdan so'ng faoliyatini yakunlashini elon qilib bo'lgandi. SHu bois jazo uch kun ahloq tuzatish ishga almashtiriladi va Zidan uch kun davomida bolalarga futboldan dars beradi. Marko Materacci esa 2ta o'yinga chetlatiladi va 5 ming frank jarima to'laydi. Italiyaning chempionligi xalqqa ulkan umid bag'ishlagan, futbol havosini qaytargandi. Boisi, o'sha yili Italiya futbolida mojarolar yuzaga kelgan, “Yuventus”ning chempionligi kelishilgan o'yinlar sabab olib qo'yilgandi. Himoyaviy o'yinni maromiga etkazgan futbolchilar millat qahramoni sifatida tarixdan joy oladi.




JCH-2006. Final.
09.07.2006. Berlin. “Olimpiashtadion” stadioni. 70000 tomoshabin.
Italiya – Franciya 1:1 (penaltilar seriyasida 5:3)
Bosh hakam
: Oracio Elisondo (Argentina).
Gollar: Materacci 19 – Zidan 7 penalti.
Italiya: Janluiji Buffon, Fabio Grosso, Fabio Kannavaro, Janluka Dzambrotta, Marko Materacci, Jennaro Gattuzo, Franchesko Totti (Daniele de Rossi, 61), Mauro Kamoranezi (Allesandro Del Pero, 86), Simone Perotta (Vinchenco Yakvinta, 61), Andrea Pirlo, Luka Toni.
Bosh murabbiy: Marchello Lippi.
Franciya: Faben Bartez, Erik Abidal, Vilyam Gallas, Lilian Tyuram, Villi Sanol, Patrik Vieyra (Alu Diarra,56), Klod Makelele, Floran Maluda, Zinedin Zidan, Frank Riberi (David Trezege, 100), Terri Anri (Silven Viltor, 107).
Bosh murabbiy: Raymon Domenek. 



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика