Tarixda shu kun. Fayzullaevning parvozi va Argentina tomon ilk qadamning tashlanishi
01 mar 2024 14:40
Yangiliklar
Tarixda shu kun. Fayzullaevning parvozi va Argentina tomon ilk qadamning tashlanishi
Bundan roppa-rosa bir yil oldin O'zbekistonda ajoyib futbol bayrami boshlangan edi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi shu kuni O'zbekiston mezbonlik qilgan U-20 Osiyo Kubogidagi ishtirokini boshlagan.
Ilk turda Suriya raqiblik qilgan o'yinda vakillarimiz Abbos Fayzullaev tomonidan jarimadan urilgan supergol va raqib vakili Zakariya tomonidan urilgan avtogol evaziga g'alaba qozongan - 2:0.
2011 yilda Odil Ahmedov Qatar darvozasiga gol urganidan keyin faoliyatida tub burilish sodir bo'lgandi, Abbosning mana shu o'yindagi benefisi ham uni butun O'zbekistonga tanilishiga sabab bo'lgandi. SHu goldan keyin Fayzullaevning faoliyati faqat yuqoriga qarab o'sdi.
Foto: Jahongir Fayzullaev
Fikrlar