So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

Tarixda shu kun. Eldor SHomurodov "Al SHabab" darvozasini titratgan o'yin Yangiliklar

Tarixda shu kun. Eldor SHomurodov "Al SHabab" darvozasini titratgan o'yin

"Bunyodkor" jamoasi bir paytlar muntazam OCHLda ishtirok etgan, 2015-2017 yillar oralig'ida ketma-ket uch yil pley-off orqali guruh bosqichiga yo'llanma olgan edi.

Bu jamoada Eldor SHomurodov asosiy futbolchisiga aylangan edi. Uning ushbu klubdagi ikkinchi yili nihoyatda muvaffaqiyatlarga boy tarzda o'tgan, desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu yili u “qaldirg'ochlar” bilan chempionat kumush medalini qo'lga kiritibgina qolmasdan jamoaning OCHL guruh bosqichiga chiqishida muhim rol o'ynagan, deya olamiz. Jamoadagi ilk mavsumida ko'p ko'zga tashlanmagan bo'lsada, keyingi yilda tarkibning muhim figuralaridan biriga aylandi. Aynan 2016 yildan so'ng SHomurodovning haridorlari, uni o'z safiga qo'shib olishni istagan klublar soni keskin ortdi. Natijada 2017 yilning ikkinchi yarimida Rossiya tomon otlandi. 2016 yil OCHL pley off bahsidan o'rin olgan, guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi “Bunyodkor” “Al SHabab” uchrashuvi SHomurodovning sarguzashtlarini boshlab bergandi. 





OCHL 2016. Pley off. G'arb mintaqasi

09.12.2016. Toshkent, “Bunyodkor” stadioni. 

“Bunyodkor” – “Al SHabab” 2:0

Bosh hakam: Kim Dong Djin

Gollar: Eldor SHomurodov 2, 35

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov (s), 3.Akramjon Komilov, 7.SHaker Zuagi, 10.Eldor SHomurodov, 15.Javlon Mirabdullaev, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabihillo O'rinboev, 22.Rustamjon Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov, 71.Aleksandar Alempievich

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 5.Dilshod Jo'raev, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Minori Sato, 11.SHahzodbek Nurmatov, 14.Bahodir Nasimov

Bosh murabbiy: Sergey Lushchan

"Al SHabab": 18. Salim Abdulla, 3. Muhammad Al SHamiri, 4.Muhammad Marzuq, 7.Aziz Haydarov, 10. Karlos Villanueva (s), 11.Enrike Luvannor, 15. Dovud Al Balushi, 22. Manei Muhammad, 25. Mahmud Qosim, 26. Hassan Safar, 99. Junino.

Zaxira: 17. Hassan Hamza. 2. Issa Muhammad, 20. Nosir Masud, 30. Muhammad Juma, 70. Ahmad Sulaymon, 77.Rashid Hassan, 92. Halifa Abdulla.

Bosh murabbiy: Kaio Junior

GOLNI KO'RISH UCHUN QUYIDAGI HAVOLAGA O'TISHINGIZ MUMKIN. VIDEO ARXIV


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика