So’nggi yangiliklar

19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  2 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  16 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  35

Tarixda bugun: Yomg'irli kecha, hisobga olinmagan gol, "Kung-fu Panda" va 90-daqiqadagi gol Yangiliklar

Tarixda bugun: Yomg'irli kecha, hisobga olinmagan gol, "Kung-fu Panda" va 90-daqiqadagi gol

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" rukniga qo'l urgandik.

Foto Arxiv: Tarixda ilk bor o'tkazilgan O'zbekiston Liga kubogining 8ta gol urilgan finalini yodga olamiz

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2018 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "B" guruhidan joy olgan "Lokomotiv" "Al Duhayl" (Qatar), "Zobahan" (Eron) va "Al Vahda" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. O'shanda guruhdagi barcha o'yinda g'alaba qozongan qatarlilar birinchi bo'lishgan. "Temiryo'lchilar" va "Zobahan" guruhda 7 ochkodan to'plashgan. O'zaro o'yinlardagi ustunlik evaziga forslar nimchorak finalga yo'l olishgan. "Lokomotiv" esa guruhda qolib ketgan.

OCHL-2018 guruh bosqichining 6-turida "temiryo'lchilar" o'z maydonlarida "Zobahan"ni qabul qilishgan. Afsuski, 90-daqiqada Islom To'xtaxo'jaev gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan bo'lsa-da, bu toshkentliklarning keyingi bosqichga chiqishlari uchun kamlik qilgan.

Kuchli yomg'irga qaramay stadionga o'sha kuni 4212 tomoshabin kelgan.


OCHL, "B" guruhi
6-tur, 17.04.2018
Toshkent, "Lokomotiv" stadioni, 4212 tomoshabin
"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Zobahan" (Eron) 1:1
Hakamlar:
Ko Hyung Jin, Yun Kvang-Yeol, Kim Yang-Ha, CHae Sang Heop (barchasi Janubiy Koreya)
Gollar: I.To'xtaxo'jaev (S.Mirzaev) 90 - M.Tabrizi 25.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Kaxi Maxaradze, 33.Oleg Zoteev (77.Diyorjon Turopov, 66), 28.SHuhrat Muhammadiev, 88.Igor Yelich, 22.Sanjar SHoahmedov, 15.Sardor Mirzaev, 27.Sardor Rashidov, 10.Marat Bikmaev, 6.Nivaldo (19.Husniddin G'ofurov, 80).
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 4.Boburbek Yo'ldoshev, 8.SHerzod Karimov, 23.Idris Bikmaykin, 99.CHo Suk Jae.

"Zobahan": 12.M.Mazaheri, 5.G.Gvelesiani, 34.M.Faxreddini, 6.K.SHafiei, 3.V.Muhammadzoda, 2.M.Najotmahdi, 33.M.Sattori, 88.H.Bouhamdan, 11.M.Tabrizi (10.B.Rahmoni, 70), 99.Kiros, 7.M.Husseyni (8.G.Xadadifar, 90+1).

Ogohlantirishlar: O.Zoteev 21, K.Maxaradze 67 - G.Gvelesiani 51, M.Mazaheri 90+3.

O'sha kuni asosiy tarkibda tushganlardan 5 nafari (Nesterov, Bikmaev, Zoteev, Maxaradze va Muhammadiev) hozir ham "Loko"da.


Qay darajada yomg'ir yoqqanini shu suratga qarab bilib olish mumkin.


Kung-fu Panda.


Mirko Yelichich.


Forslar 25-daqiqada Murtazo Tabrizining golidan keyin hisobda oldinga chiqib olishgandi.


Braziliyalik hujumchi Nivaldo o'sha mavsum OCHLda ikkita gol urib, bitta golli pas bergandi.


Marat Bikmaev 2018 yil OCHLda bor yo'g'i bitta to'p kiritgan.


Sanjar SHoahmedov esa o'sha mavsum CHempionlar ligasida bitta gol va bitta golli pasni o'z hisobiga yozib qo'ygan.


Nivaldoning kayfiyati yaxshi emas.


Islom To'xtaxo'jaev markaziy himoyachi bo'lishiga qaramay guruhdagi 6 o'yinda bir gol va bir golli pasni o'z hisobiga yozib qo'ygan.


Holid SHafieidan vahimali kadr.


72-daqiqada Diyor Turopovning goli o'yindan tashqari holat deb inobatga olinmagan.

Sardor Rashidov o'sha yili ikkita gol urgandi.


Sardor Mirzaev 6 o'yinda 2ta gol urgan va bitta golli pas bergandi.


To'xtaxo'jaev Baxtiyor Rahmonini nokdaun qilayozgandi.


Islom 90-daqiqada hisobni tenglashtirgan. Ammo, bu pley-offga chiqish uchun kamlik qilgan.

Uzoq plandagi SHuhrat Muhammadiev OCHL-2018da 3ta golli pas bergandi.


Final xushtagi chalinganidan so'ng forslarning xursandchiligi.


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика