So’nggi yangiliklar

22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  2 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  5 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  8 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2

Tarixda bugun: "Uch boshli ajdar". "Bunyodkor" 3 yillik tanaffusdan keyin OCHLda g'alaba qozongan o'yin Yangiliklar

Tarixda bugun: "Uch boshli ajdar". "Bunyodkor" 3 yillik tanaffusdan keyin OCHLda g'alaba qozongan o'yin

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: "Paxtakor"ning 17 yil oldin OCHL yarim finali doirasida "Bek Tero"ga qarshi o'tkazgan o'yini

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2017 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "C" guruhidan joy olgan "Bunyodkor" "Al Ahli" (S.Arabistoni), "Zobahan" (Eron) va "Al Ayn" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. Afsuski, o'shanda Sergey Lushan boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" avvalgi 2 mavsumdagi kabi guruhda so'nggi pog'onani egallashgan (bor yo'g'i 3 ochko).

OCHL. "Bunyodkor" 3 yildan so'ng guruh bosqichida g'olib chiqdi

Fakt! "Bunyodkor" Sergey Lushan boshchiligida OCHLda ketma-ket 3 mavsum o'z guruhida oxirgi o'rinni band etgan.

OCHL-2017 guruh bosqichining 5-turida "Bunyodkor" o'z maydonida "Al Ahli"ni qabul qilgan. Guruhdan chiqish imkoniyatini amalda yo'qotib bo'lgan "qaldirg'ochlar"ning yo'qotadigan narsasi yo'q edi va jamoa 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Gollarga Akrom Komilov hamda Eldor SHomurodovlar mualliflik qilishgan.


OCHL-2017, "C" guruhi
5-tur
, 24.04.2017
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni, 1307 tomoshabin
"Bunyodkor" – "Al Ahli" 2:0
Hakamlar:
Fu Ming, Veyming Xuo, Uang Deksin (barchasi – Xitoy)
Gollar: A.Komilov 8 (pas D.Hamdamov), Eldor SHomurodov 54 (pas D.Hamdamov).

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 10.Eldor SHomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To'xtasinov (16.Alisher Sanoev, 82), 20.Sardorbek Azimov (97.Javohir Esonqulov, 86), 21.Dilshodbek Ahmadaliev, 28.Davronbek Umirov, 29.Otabek SHukurov, 30.Xurshid G'iyosov (44.Mirjamol Qosimov, 57)
Zaxira: 45.Dilshod Hamroev, 5.Javlon Mirabdullaev, 7.Dushan Michich, 9.SHaxzodbek Nurmatov.

"Al Ahli": 1.Yosir Al Musaylim, 7.Salman Muvashar (11.Hussayin Al Mogaxvi, 62), 8.Taysir Al Jassim, 9.Umar Al Soma, 10.Yannis Fetfatcidis, 13.Muhammad Abdulshafi, 21.Oqil Al Sahabi, 23.Saad Al Muvallad, 25.Mutaz Havsavi (77.Amir Fahad Kurdi, 83), 45.Abdulfattoh Tavfiq (14.Muhanad Abu Radiya, 62), 55.Saad Abdulamir
Zaxira: 66.Bosim Solih Al Baqi, 4.Volid Bakshvin, 6.Muhammad Al Fatil, 31.Mansur Al Xarbi.

Ogohlantirishlar: M.Qosimov 60, D.Ahmadaliev 68

O'sha paytda guruh peshqadami va oxirgi pog'onada borayotgan jamoalar to'qnashuvi.


"Al Ahli" Toshkentga kuchli tarkib bilan kelgandi, chunki jamoa garchi 1-o'rinda bo'lsa-da guruhdan chiqishni rasman hal etib ulgurmagandi.



3 yil oldingi o'yinda asosiy tarkibda tushganlardan faqat Dilshod Ahmadaliev va Nurillo To'xtasinov hozir ham "Bunyodkor"da.


Uchrashuvni Fu Ming boshchiligidagi xitoylik hakamlar brigadasi boshqarib borgan.


Aktrisa Feruza Normatova ham o'sha kuni o'yinni stadiondan kuzatgan.



To'p bilan o'sha mavsum OCHLda bitta gol urgan Yannis Fetfatcidis.


Sergey Lushanning OCHL guruh bosqichidagi statistikasi ayanchli ko'rinishda: 3 mavsum va har safar guruhda so'nggi o'rin. Jami 18 o'yin, 1 g'alaba, 4 durang va 13 mag'lubiyat. To'plar nisbati: 12-30.


Saudiya futbolining yorqin vakillaridan biri Taysir Al Jassim to'p bilan.


Davron Umirov to'pni Saad Al Muvalladdan olib qo'yishga urinmoqda.


Murod Zuhurov o'sha mavsum OCHL guruh bosqichida o'z darvozasidan 12ta to'p olib chiqqan.


Uchrashuvda hisobni ochgan Akrom Komilov raqib sardoriga qarshi.


"Al Ahli" ustozi Kristian Gross.


Mana shu darvozabon Yosir Al Musaylim CHempionlar ligasida o'zbek klublariga qarshi ko'p bor maydonga tushgan.


Rustam Ashurmatov standart paytida Oqil Al Sahabini qo'riqlamoqda.


Sardor Azimov to'pni qo'li bilan o'ziga bo'ysundirib olishga uringan palla.


Suratda ikkinchi golni kiritgan Eldor SHomurodov va har ikkala golga assistentlik qilgan Doston Hamdamov.


"Uch boshli ajdar".


Omar Al Somaga qarshi mana shunday o'ynashga to'g'ri kelardi, odatda. Malumot uchun OCHL-2017da suriyalik hujumchi 5ta gol urgan.


- "Bunyodkor" nechta gol urdi?


Kristian Gross: "Bunyodkor"ning yo'qotadigan narsani bo'lmagani uchun shunday o'ynadi"

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика