So’nggi yangiliklar

09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  0 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5

Tarixda bugun: Stadiondagi reper, to'lin oy, uchmoqchi bo'layotgan Masharipov, jarohat olgan sardor Yangiliklar

Tarixda bugun: Stadiondagi reper, to'lin oy, uchmoqchi bo'layotgan Masharipov, jarohat olgan sardor

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: G'azabdagi Qosimov, 2ta penalti va hakamlar "qahramon"ga aylanib "qaldirg'och"ni yaralashgan kecha

Bugun Superliganing yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

Superliga-2018 9-turi doirasida muxlislar Toshkent derbisi guvohi bo'lishgandi. Andrey Fyodorov boshchiligidagi "Lokomotiv" jamoasi "Bunyodkor" stadionida SHota Arveladze bosh murabbiyligidagi "Paxtakor"ni qabul qilgan. 19 mingdan ziyod muxlis bevosita stadiondan kuzatgan qiziqarli va keskin kurashlar boy o'tgan uchrashuvdan bir quloch ajoyib kadrlarni tarixga muxrlagandim. Quyida 2 yil oldin aynan shu sanada o'tgan o'sha bellashuvdan o'tkazib yuborish tavsiya etilmaydigan suratlarni etiboringizga havola etamiz.

Rasman: PFL "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida o'tishini tasdiqladi

Darvoqe, Superliga-2018ning yakunida "Lokomotiv" chempion bo'lgan ersa, "Paxtakor" ikkinchi o'rinni band etgan. O'shanda chempionatning 2 bosqichda o'tkazilgani "temiryo'lchilar" foydasiga ishlagandi.

Superliga-2018
9-tur
, 29.04.2018
Toshkent, "Bunyodkor" stadioni, 19100 tomoshabin
"Lokomotiv" – "Paxtakor" 0:0
Hakamlar:
V.Serazetdinov (Toshkent), A.Capenko (Toshkent), T.Gaynullin (Toshkent), A.Ergashev (Toshkent).

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 33.Oleg Zoteev, 5.Kaxi Maxaradze, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 88.Igor Yelich, 9.Ikrom Aliboev, 7.Sadriddin Abdullaev (77.Diyorjon Turopov, 66), 15.Sardor Mirzaev (44.Boburbek Yo'ldoshev, 83), 27.Sardor Rashidov (17.Husniddin G'ofurov, 77), 22.Sanjar SHoahmedov, 10.Marat Bikmaev
Zaxira: Mamur Ikromov, Farhod Bekmurodov, Idris Bikmaykin, CHo Suk Jae.

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 29.Vladimir Kozak, 4.SHerzod Azamov, 55.Marko Simich (s), 2.Akmal SHorahmedov, 7.Azim Ahmedov (80.Rostin Griffits, 78), 8.Dilshod Rahmatullaev, 18.Bahrom Abdurahimov (22.Jasurbek Yaxshiboev, 82), 9.Jaloliddin Masharipov, 77.Tiago Bezerra, 11.Ismoil Gonsalvesh.
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Jamshid Iskanderov, Jasurbek Hakimov, Kamoliddin Tojiev, Doston Ibrohimov, Stanislav Andreev, Farruh Sayfiev.

Ogohlantirishlar: S.Abdullaev 48, D.Turopov 67, M.Bikmaev 81, O.Zoteev 85.

O'yindan oldin.



Yaxshi niyat.



Sardorlar Simich, Sadriddin.


2 yil oldingi bahsda asosiy tarkibda tushganlardan E.Suyunov, SH.Azamov, V.Kozak va J.Masharipovlar hozir ham "Paxtakor"da.


"Lokomotiv"dan esa I.Nesterov, O.Zoteev, M.Bikmaev va K.Maxaradze hamon jamoada. Ayrimlari orada boshqa klublarda ham o'ynab kelishdi.


Uchrashuvni "Bunyodkor" stadionidan 19100 nafar muxlis kuzatib borgandi.


Uchrashuv "Lokomotiv" klubi so'rovi bilan "Bunyodkor" stadioniga ko'chirilgandi.


Yaxshi kadr.


"Loko"ning oxirgi chempionlik mavsumida Aliboevning ham hissasi katta bo'lgandi.


Odatda Rashidovga qarshi shunday o'ynashadi, bu erda esa aksi.


- Bugun bittayam urolmaysizlar...


- Mana senga, nasibangni ol...

Rashidovning shu zarbasi gol bo'lgan, lekin ungacha Sardor O'yindan tashqari holatda qolib ketgani uchun yon hakam bayroqchasini ko'targandi.


Yana bir ajoyib kadr.


Bir necha yil "Paxtakor"da o'ynab, jamoa sardori ham bo'lgan Maxaradze 2016 yil yana "Loko"ga qaytgandi.


Andrey Fyodorov.


SHota Arveladze ham qolishmayapti.


Marko Simich bosh bilan juda zo'r o'ynardi.


Masharipov doim himoyachilarga bosh og'riq bo'ladi.


To'lin oy.


Bezerraning zarbasini Maxaradze bloklamoqda.


Bellashuv tanaffusida SHaxriyor reper stadionda qo'shiq kuylagandi.


Ikki o't orasida qolgan Zoteev.


"Lokomotiv" sardori Sadriddin Abdullaev shu vaziyatda jarohat olib maydonni tark etgandi.


Yuzidan og'riq qay darajada ekanligini taxmin qilish qiyin emas.


O'yinchini to'g'ri shifoxonaga olib ketishgan edi.


Uchmoqchi bo'layotgan Masharipov)


"Paxtakor" safida 3 marta mamlakat chempioni (2012, 2014, 2015) va bir marta O'zbekiston kubogi sohibi (2011 yil) bo'lgan Kaxi sobiq jamoasi muxlislari fonida. Yoqimli kadr.


Nigohlar.



"Kichkina kamera". "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvida nimalar sodir bo'ldi? VIDEO


Buni esa izohsiz qoldiraman)


Bunday derbilar tortishuvlarsiz o'tishi qiyin.


Tur muxlislari - Toshkent derbisida

"SHerlar" muxlislari.



Yelichning kayfiyati alo, o'sha paytda hali "Paxtakor"ga qarshi mavsumdagi oxirgi o'yinda uzoqdan juda chiroyli gol urishini hayoliga ham keltirmagani aniq.


SHaharning sariq qismida esa kayfiyat yomon.


Tur o'yini - "Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:0

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика