So’nggi yangiliklar

21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  0 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  6 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  1 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  23 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   16 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  54 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  54 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0

Tarixda bugun: "Paxtakor"ning OCHL-2015dagi yurishini to'xtatishga majbur qilgan alamli o'yin Yangiliklar

Tarixda bugun: "Paxtakor"ning OCHL-2015dagi yurishini to'xtatishga majbur qilgan alamli o'yin

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: Stadiondagi reper, to'lin oy, uchmoqchi bo'layotgan Masharipov, jarohat olgan sardor

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2015 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "B" guruhidan joy olgan "Paxtakor" "Al SHabab" (S.Arabistoni), "Naft Tehron" (Eron) va "Al Ayn" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. Afsuski, o'shanda "sherlar" guruhda 6 ochko bilan uchinchi o'rinni egallashgan. Qizig'i, Samvel Babayan boshqargan o'sha "Paxtakor" pley-off yo'llanmasini so'nggi turda o'z maydonlaridagi bellashuvda qo'ldan chiqarishgan. Bo'lib ham guruh autsayderiga imkoniyat boy berib qo'yilgan. Quyida o'sha alamli bahsga to'xtalamiz.

OCHL-2015 guruh bosqichining 6-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Al SHabab"ni qabul qilgan. Uchrashuvdan oldin saudiyaliklarda bor yo'g'i 2 ochko bor va ular har qanday holatda ham kvartetda oxirgi pog'onadan yuqoriga ko'tarila olmasliklari aniq edi. Mezbonlar esa uchrashuvga hisoblaridagi 6 ochko bilan etib kelishgan va guruhdan chiqish uchun g'alaba qozonishlari shart edi. SHunda ham, narigi o'yinda "Naft" mehmonda Umar Abdulrahmon etakchiligidagi "Al Ayn"ni yutib qo'ymasligi zarur bo'lardi.


"Al Ayn" forslarni Umar Abdulrahmon, Asamoa Gyan va Kembo Ekokolarning gollari evaziga 3:0 hisobida mag'lub etgan. Ammo, Toshkentda...

Poytaxtimizga yo'qotadigan narsasi yo'q holda kelgan "Al SHabab" kutilmaganda javobsiz ikkita to'p kiritib g'alaba qozongan. "SHerlar" o'zlarining OCHL-2015dagi yurishlarini shu tariqa to'xtatishga majbur bo'lishgan.


OCHL, "B" guruhi
6-tur
, 06.05.2015
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 3638 tomoshabin
"Paxtakor" - "Al SHabab" 0:2
Hakamlar:
Mohd Amirul, Sivanesan Muniandi, Azman Ismoil (barchasi Malayziya), Alibek Sapaev (Turkmaniston).
Gollar: M.Al SHammari 6, A.Al Asta 67 (pen.)

"Paxtakor": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Adnan Oraxovac (20.Anvar Soliev, 67), 7.Kaxi Maxaradze (5.Akbar Ismatullaev, 77), 8.SHerzod Karimov, 9.Jaloliddin Masharipov (18.Bahodir Pardaev, 42), 11.Igor Sergeev, 15.Javohir Sohibov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreev, 29.Vladimir Kozak.
Zaxira: 1.Nikita Ribkin, 6.Murod Xolmuhammedov, 13.Iskandar SHoyqulov, 16.Navro'z Alimov.

"Al SHabab": 33.Muhammad Al Ovays, 2.Abdulloh Al Asta, 8.Abdulmajid Al Suhaylim (45.Nodir Salim Al Muvallad, 90), 12.Abdumalik Al Haybari, 13.Hassan Fallatah, 15.Abdu Atef (11.Ahmad Atef, 76), 17.Musa Al SHammari, 23.Muhammad Aval (4.Amir Muhammad Harun, 84), 25.Majid Al Marshadi, 27.Said Al Dosari, 80.Abdulrahmon Al Haybari.
Zaxira: 22.Muhammad Ahmad Avaji, 3.Sayyaf Al Bishi, 30.Badir Mansur, 91.Jon Antvi.

Ogohlantirishlar: A.Oraxovac 35, V.Kozak 73, B.Pardaev 85, J.Sohibov 90 - A.Al Haybari 63, M.Al Ovays 90+3.

Kaxi Maxaradze "Paxtakor" sardori edi. Narigi tomondagi Muhammad Al Ovays esa o'zbek klublariga qarshi eng ko'p maydonga tushgan saudiyalik kiper.


Muxlislar o'yindan oldin hammasi zo'r bo'lishiga ishonishgan.


#GGMU

Ular Toshkentga guruh autsayderi sifatida kelishgandi.


5 yil oldin asosiy tarkibda tushganlardan Igor Sergeev, Vladimir Kozak va Jaloliddin Masharipov hozir ham "Paxtakor" tarkibida to'p tepib kelishmoqda.


"Paxtakor" bosh murabbiyi Samvel Babayan va yordamchi murabbiy No'mon Hasanov.


"Al SHabab" ustozi misrlik Odil Abdulrahmon.


Bir tur avval Eronda "Naft" darvozasiga javob to'pini kiritgan Vladimir Kozak.


Afsuski, 6-daqiqada Musa Al SHammari hisobni ochgandi.


Toshkentga asosiy hujumchisi va to'purari Naif Ahmad Hazazisiz kelgan "Al SHabab" hisobni ochgan (Hazazi OCHL-2015da ikkita to'p kiritgan).


OCHL-2015da o'z darvozasidan 8ta to'p olib chiqqan Aleksandr Lobanov hamda ikkita gol urgan Kaxi Maxaradze.


8-raqamdagilar to'qnashuvi.


Adnan Oraxovac hisobni ochgan Al SHammariga qarshi.



Ko'zingni kichikroq och-ee, yosh bolalar qo'rqib ketadi)


Gol urib qo'yganingdan keyin yotib ham o'ynayverarkansan)


Davron Hoshimov.


To'p uchun kurashda Aleksandr Merzlyakov va Abdulmalik Al Haybari.


Ha, "Al SHabab" hech narsa yo'qotmaydigan o'yinida "Paxtakor"ni "qulatib" ketgandi.


P.S. OCHL-2015da "Paxtakor"dan tashqari, O'zbekistonning qolgan 3 klubi "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Nasaf" ham guruhda qolib ketgan. Afsuski, qitaning klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqasida qatnashgan birorta klubimiz guruhdan chiqishni uddalay olmagan.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика