So’nggi yangiliklar

17:11"Арсенал" ва "Манчестер Сити" ПСЖ футболчиси учун рақобатлашади  0 16:44Big name, Big team, Big coach...  9 16:19"Футбол олами". Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" ғолиб, водий дербисида "Андижон" ютқазди, "Бунёдкор" - "Насаф" 2:2  0 16:10"Фабио футболчи ва мураббий сифатида катта тажрибага эга" – хорижлик мутахассислар муносабати  6 15:47"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусанов туфайли режасини ортга суради  4 15:25"Арсенал" Йилдиз трансферидан умидвор  0 15:03Каннаваро қандай мураббий?  11 14:3924 ёшли дарвозабон, кучли жамоани ютган водий жамоаси устози, МТЖ ҳужумчиси — Суперлигада 24-турнинг энг яхшилари  1 14:15Фабио Каннаваро ҳақида билишингиз керак бўлган 15 та факт  6 13:54Гиоргадзе, Абдусаломов, Жалолиддинов, Кенжабоев, Сергеев... Суперлига 24-тур рамзий терма жамоаси  4 13:33"Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабони таълим грантига лойиқ кўрилди  2 13:08"Барселона" собиқ футболчиси Мемфис Депай ноодатий сабабга кўра Нидерландия терма жамоаси ўйинини ўтказиб юборади  3 12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  28 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0 11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  2

Tarixda bugun: "Paxtakor"ning 17 yil oldin OCHL yarim finali doirasida "Bek Tero"ga qarshi o'tkazgan o'yini Yangiliklar

Tarixda bugun: "Paxtakor"ning 17 yil oldin OCHL yarim finali doirasida "Bek Tero"ga qarshi o'tkazgan o'yini

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: Yulduzli "Paxtakor"ning OCHLdagi 11 yil oldingi irodali g'alabasini yodga olamiz

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining uzoq o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

Osiyo CHempionlar ligasi ayni shu nom ostida 2003 yildan etiboran o'tkazib kelinadi. Bugun aynan 2003 yil Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "D" guruhidan joy olgan "Paxtakor" "Al Talaba" (Iroq), "Persepolis" (Eron) va "Nisa" (Turkmaniston) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. U paytlar guruhda har bir raqibga qarshi faqat bir marotaba o'ynalgan va barcha uchrashuvlar bir shaharda, bir stadionda o'tkazilgan. "D" guruhi bahslariga Toshkent shahri va "Paxtakor" markaziy stadioni mezbonlik qilgan. O'shanda ajoyib tarkibga ega bo'lgan "sherlar" guruhda barcha bellashuvni o'z foydalariga hal qilishgan va 9 ochko bilan birinchi o'rinni egallashgan.

Qiziq fakt: OCHL-2003da 4 guruhning barchasida o'yinlarga mezbonlik qilgan klub birinchi o'rinni egallagan.

Musobaqa reglamentiga ko'ra 4 guruhning g'oliblari yarim finalda bir-birlariga qarshi ro'baro kelishgan. Toshkentliklar 1/2 finalda Tailandning "Bek Tero Sasana" klubi bilan bellashishgan. Yarim finalning birinchi uchrashuvi Bangkokda o'tkazilgan va unda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishgan.

Javob o'yini esa 2003 yilning 22 aprelida Toshkentda bo'lib o'tgan. O'sha uchrashuv ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. "Paxtakor" butun o'yin davomida mehmonlar darvozasi oldida hujumlar yomg'irini yog'dirgan, "Bek Tero" o'z jarima maydonchasiga deyarli qamalgan. Afsuski, gol urishga kelganda futbolchilarimiz oqsashgan va buni faqat bir marta uddalashgan. "Paxtakor"ning yana bir golini esa yaponiyalik bosh hakam Toru Kamikava inobatga olmagan. Server Jeparov 86-daqiqada yagona golni kiritgan, ammo bu finalga chiqish uchun etarli bo'lmagan. Bizga o'shanda yana bitta gol kerak edi. Afsuski, tailandliklar o'shanda juda katta omad evaziga finalga chiqishgan. "Paxtakor" esa finalga munosib o'yin bilan yarim finalda qolib ketgan.

Toru Kamikava boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi.


"Paxtakor"ning "Bek Tero Sasana"ga qarshi yarim final ikkinchi o'yinigacha bosib o'tgan yo'li:

OCHL-2003, "D" guruhi

09.03.2003
"Nisa" (Turkmaniston) - "Paxtakor" 0:3
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 30000 tomoshabin
Gollar:
Baxtiyor Hamidullaev 44, Anvar Soliev 57, Leonid Koshelev 72.

11.03.2003
"Paxtakor" - "Persepolis" 1:0
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 45000 tomoshabin
Gol:
Anvar Soliev 22.

13.03.2003
"Paxtakor" - "Al Talaba" 3:0
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 55000 tomoshabin
Gollar:
Aleksandr Kroxmal 25, 57, Gochguli Gochguliev 37.

Yarim final
Birinchi o'yin, 09.04.2003
"Bek Tero Sasana" - "Paxtakor" 3:1
Bangkok, "Suphachalasai stedium", 15000 tomoshabin
Gollar:
SHrimaka 41, Fuangprakob 69, Terdsak CHaiman 84 - Anvar Soliev 80


P.S. 17 yil oldingi o'yindan tarixiy suratlarni taqdim etgan taniqli fotograf Hasan Pirmuhammedov hamda o'sha uchrashuv qaydnomasini bizga taqdim etgan taniqli jurnalist Baxtiyor SHirinovga alohida minnatdorchilik bildiramiz.


OCHL
Yarim final
(ikkinchi o'yin), 22.04.2003
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 50000 tomoshabin
"Paxtakor" - "Bek Tero Sasana" 1:0
Bosh hakam:
Toru Kamikava (Yaponiya)
Gol: S.Jeparov 86

"Paxtakor": Ignatiy Nesterov, Gochguli Gochguliev, Yaroslav Krushelnickiy, Asror Aliqulov, Aleksey Nikolaev, Timur Kapadze, Vladislav Kiryan (Zayniddin Tojiev), Leonid Koshelev, Server Jeparov, Anvar Soliev, Aleksandr Kroxmal (Marat Bikmaev, 72).

Ogohlantirishlar: V.Kiryan 9, YA.Krushelnickiy 88

Tarkibni qarang: Kiryan, Jeparov, Koshelev, Aliqulov, Krushelnickiy, Nikolaev, Soliev... Hozir ularning deyarli barchasi murabbiy.



Tarixiy kadrlar.


Anvar Soliev to'p bilan oldinga intilmoqda.


Soliev OCHL-2003da 3ta to'p kiritgan va "Paxtakor" to'purari bo'lgan.


"Bek Tero"ga qarshi safardagi o'yinda gol urgan "sehrli tayoqcha" Toshkentda buni uddalay olmagan.


Turkmanistonlik markaziy himoyachi Gochguli Gochguliev muxlislarning sevimli va hurmatga loyiq o'yinchilaridan biriga aylangandi.


Yaroslav Krushelnickiy.


Juda kuchli zarbalari bilan mashhur bo'lgan Koshelev va birinchi o'yinda hisobni ochgan SHrimaka to'p uchun kurashda.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика