So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  4 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Tarixda bugun: O'zbek va Eron futboli afsonalari Mirjalol Qosimov va Ali Dai to'qnashuvi, Rashidov "Nasaf"ga qarshi Yangiliklar

Tarixda bugun: O'zbek va Eron futboli afsonalari Mirjalol Qosimov va Ali Dai to'qnashuvi, Rashidov "Nasaf"ga qarshi

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" rukniga qo'l urgandik.

Foto Tarixda bugun: "Beyjing" bilan Toshkentda mehmon bo'lgan Krimec, yosh Qosimov hamda Eron grandi bilan tengma-teng o'ynagan "Nasaf"

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining 9 va 4 yil oldingi o'yinlariga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

Dastlab OCHL-2011 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "C" guruhidan joy olgan "Bunyodkor" "Al Ittihod" (S.Arabistoni), "Persepolis" (Eron) va "Al Vahda" (BAA) jamoalari bilan pley-off uchun kurash olib borgan. O'shanda Qosimov boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" guruhda "Al Ittihod" (11 ochko)dan keyin 9 ochko bilan ikkinchi bo'lishgan. "Bunyodkor" 3-turda o'z maydonida Eronning "Persepolis" jamoasini qabul qilgan. O'zbek va fors futboli afsonalari Mirjalol Qosimov hamda Ali Dai boshqaruvidagi jamoalarning Toshkentdagi to'qnashuvidan suratlarni taniqli fotograf Hasan Pirmuhammedov taqdim etdi.

OCHL, "C" guruhi
3-tur, 05.04.2011
Toshkent, "Jar" stadioni, 7000 tomoshabin
"Bunyodkor" - "Persepolis" 0:0
Bosh hakam:
Navaf SHukrulla (Bahrayn)

"Bunyodkor": 1.Ignatiy Nesterov, 4.Xayrulla Karimov, 18.Slavolyub Jorjevich, 23.Sahob Jo'raev, 6.Anvar G'ofurov (20.Anvar Soliev, 81), 8.Javlon Ibrohimov, 7.Aziz Haydarov, 47.Asqar Jadigerov (9.Anvar Rajabov, 46), 22.Viktor Karpenko, 17.Kamoliddin Murzoev (19.Yannis Manzukas, 73), 14.Milosh Trifunovich.

"Persepolis": 1.A.Hagigi, 23.A.Fkshangchi, 3.S.Haydari, 26.H.Aliasg'ari, 2.A.Muhammad, 20.A.Nurmuhammadi, 14.M.Nuri, 15.S.Aghazamani, 11.H.Badamaki, 21.V.Hoshemian, 24.H.Nuruzi.

Ogohlantirishlar: S.Jorjevich 6, H.Karimov 82 - A.Muhammad 53, H.Aliasg'ari 90+2.

Viktor Karpenko "Bunyodkor"ni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan.


Oradan 9 yil o'tdi, Anvar G'ofurov esa hozir ham "Bunyodkor"da. Orada 2 yil "Obod"da o'ynab keldi.


Afsonaviy hujumchi Ali Dai.


Aziz Haydarov o'sha mavsum OCHL 1-turida "Al Vahda" bilan mehmondagi o'yin (1:1)da jamoasining yagona golini kiritgandi.


Bu esa mashhur hakam Navaf SHukrulla.


Viktor Karpenko "Persepolis"ga qarshi safardagi o'yin (3:1)da jamoasining uchinchi golini kiritgan.


Afsonaviy yarim himoyachi Mirjalol Qosimov.


Afsuski, bir o'yindan iborat va o'z guruhida birinchi bo'lgan jamoa maydonida o'tkazilgan nimchorak final bahsida Eronning "Sepaxon" jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyat boy berilgan.




Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi Qarshining "Nasaf" jamoasi OCHL-2016da "D" guruhidan joy olgan va "Al Ahli" (S.Arabistoni), "Al Jayish" (Qatar) hamda "Al Ayn" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. Afsuski, o'shanda "ajdarlar" 5 ochko bilan guruhda so'nggi pog'onani band etishgan. Jamoa 4-turda guruhni peshqadam sifatida yakunlagan "Al Jayish"ni qabul qilgan.

OCHL, "D" guruhi
4-tur, 05.04.2016
Qarshi, "Markaziy" stadioni, 16000 tomoshabin
"Nasaf" - "Al Jayish" 0:0
Bosh hakam:
Liu Kvok Man (Gonkong)

"Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov, 23.SHerzod Azamov, 4.Maqsud Karimov, 7.SHuhrat Muhammadiev, 31.Saydullo Rahmatov, 20.Erkin Boydullaev, 10.Dilshod Rahmatullaev, 18.Bahrom Abdurahimov (6.Aziz G'aniev, 78), 17.Artur Gevorkyan, 9.Ilhom SHomurodov, 21.Azamat Allaniyozov (45.Bobir Abdixoliqov, 63).

"Al Jayish": 16.Halifa Ababakar, 4.Lukas Mendes, 2.Murad Nija Hussein, 19.Abdulrahmon Issa, 6.Yosir Abubakir, 23.Holid Al Zereiqi, 27.Ahmad Doozandeh, 12.Majid Muhammad, 31.Romarino, 10.Sardor Rashidov (17.Otman Alavi, 86), 9.Abdulrazzoq Hamdallah.

Ogohlantirishlar: SH.Azamov 33, A.Gevorkyan 84 - M.Muhammad 35

"Nasaf" tarixidagi eng zo'r legioner Artur Gevorkyan.


Hozir bu tarkibdan faqat Dilshod Rahmatullaev "Nasaf"da. Orada "Paxtakor" hamda "Andijon"da o'ynab keldi.


Ilhom SHomurodov.


Sardor Rashidov bu jamoalarning Qatarda o'tgan o'yinida 87-daqiqada g'alaba to'pini kiritgandi.


O'sha paytda zaxiradan tushgan Bobir Abdixoliqov hozir "Nasaf"ning asosiy hujumchisi bo'lib ulgurgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика